8 may, payşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali gaplaşdi. «Germaniya federal kansleri bilan yaxşi va batafsil suhbat», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmoğida.
«Biz Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlaşda – hozir xalqimizni himoya qilişda ham, uruş tugaganidan keyin ham mamlakatni tiklaşda muhim rol öynaşda davom etişini kutamiz», — dedi Ukraina rahbari. Uning sözlariga köra, Ukraina va Germaniya «şeriklik uçun katta salohiyatga ega» va «köp muhim narsalarni» amalga oşiriş böyiça dastlabki kelişuvlarga allaqaçon erişilgan.
«Kansler Ukrainani sözsiz qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi. Buni eşitiş muhim edi. Men minnatdorman», deb yozdi Zelenskiy. Şuningdek, u Berlin va Kiyev «munosib tinçlikka erişiş» uçun hamkorlikni davom ettirişini qöşimça qildi.








