AQŞ bojxona va çegara qöriqlaş xizmatining havo va dengiz operatsiyalari (AMO) maxsus guruhi 7 may kuni Viyekes oroliga noqonuniy kirişga uringan tört nafar Özbekiston fuqarosi bölgan kemani aniqladi.
Kemada tintuv ötkazilganda uç nafar yölovçi AQŞ fuqarosi ekanini, qolgan tört nafari - uç erkak va bir ayol Özbekiston fuqarosi ekanini da’vo qilgan.
Özbekiston fuqarolarida Qöşma Ştatlarga kiriş yoki qolişga ruxsat beruvçi hujjatlar bölmagan. Kema yölovçilari Karib dengizidagi Sent-Jon orolidan (Virginiya orollari) suzib kelganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanişiça, Remi sektori çegara xizmati xodimlari tört nafar Özbekiston fuqarosini immigratsiya işini rasmiylaştiriş va deportatsiya qiliş uçun hibsga olgan.
30 aprel kuni AQŞ hududida noqonuniy bölib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar röyxatiga kiritilgan Özbekiston fuqarolari Nyu-York – Toşkent yönalişi böyiça maxsus charter reysi orqali vatanga qaytarilgan edi.
Bundan oldinroq AQŞ hukumati fuqarolar deportatsiyasini taşkil etgan Özbekistonga minnatdorlik bildirdi.









