Ular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkazişni va Rossiyani 30 kunlik otişmani töxtatişga rozi bölişga çaqirişni rejalaştirmoqda.
Taşrif haqida e’lon qilar ekan, Makron törtlikning qöşma fotosuratini e’lon qildi va uni fransuz, ingliz, nemis va polyak tillarida: «Biz Kiyevga ketyapmiz. Ukraina uçun, Yevropa uçun» yozuvi bilan çop etdi.
AFP agentligining ta’kidlaşiça, tört Yevropa yetakçisining Ukrainaga bir vaqtning özida kelişi misli körilmagan hodisa.
Taşrif arafasida Kiyevning Yevropadagi ittifoqçilari rahbarlari Moskvani «30 kunlik töliq va sözsiz öt oçişni töxtatişga» çaqirdi. 8 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Zelenskiy bilan suhbatdan söng AQŞ Rossiyadan 30 kunlik öt oçişni töxtatişga rozi bölişini talab qilişini ma’lum qildi.
Bir kun avval Reuters agentligi diplomatik manbaga tayanib, AQŞ va Yevropadagi ittifoqçilar Moskvaga Ukrainada 30 kunlik öt oçişni töxtatiş böyiça taklifni yakunlaşayotgani, agar Rossiya rad etsa, Yevropa Ittifoqi va AQŞ tomonidan yangi sanksiyalarga duçor bölişi haqida xabar bergan edi.









