Hindistonning Kerala ştati Oliy sudi oltinçi sinf öquvçisini kaltaklaganlikda ayblangan öqituvçining işini körib, maktabga 2010 yilgaça nozik bambuk yoki xiviç olib kelgan va undan öquvçilarni jazolaş uçun foydalangan öqituvçilarni oqladi. Sudya fikriga köra, xiviçni körgan bolalar intizomsizlik qilmaydi.  

Forbes naşrining yozişiça, sönggi tört yil içida Hindiston sudlari, agar jazolaş yomon niyat bilan amalga oşirilmasa, öqituvçi öquvçilarga nisbatan «oqilona va mö’tadil» kuç işlatiş huquqiga ega ekanligini bir neça bor tasdiqladi. Sudlarning pozitsiyasi hayratlanarli: 2000 yillarning oxiridan beri Hindiston maktablarida jismoniy jazolar qat’iyan taqiqlangan - hatto tayoq bilan bir marta zarba beriş öqituvçini bir yil qamoqqa taşlanişiga sabab bölişi mumkin.

Biroq, sudyalarning öqituvçilarga yon bosişga sabablari bor. Sönggi yillarda - 2020 yildan 2024 yilgaça – sudlarda maktab öquvçilariga nisbatan zöravonlik holatlari bilan boğliq işlar soni keskin köpaygan. Ammo köpgina ayblovlar yolğon bölib çiqqan: ota-onalar vaziyatning tagiga yetmay, öz farzandini himoya qilişga şoşilgan.

Tajovuzning manbai köpinça öquvçilarning özi bölib çiqqan, ular öqituvçilarga tahdid va hujum qilgan. Bugungi kunda öqituvçilar qattiqqöl bölişdan qörqmoqda, bolaga berilgan har qanday tanbeh janjalga aylanişi mumkin. Bu esa ta’lim jarayoniga ta’sir qilib, öqituvçilarning obro‘-e’tiborini pasaytirmoqda.

Umuman olganda, hindistonlik bolalarning xatti-harakatlari dinamikasi xavotirli: giyohvand moddalarni iste’mol qiliş va ösmirlar örtasida jinoyatlar soni ortib bormoqda. Ba’zi öqituvçilarning fikriça, jismoniy jazoga qaytiş tartibni saqlaşga yordam beradi. Maktab direktorlarining fikri mö’tadilroq. Ularning aksariyati maktab öquvçilariga nisbatan kuç işlatişni inkor etib, ota-onalarni ularning tarbiyasida faolroq iştirok etişga çaqirmoqda.

Ta’kidlanişiça, köpgina zamonaviy oilalarga xos bölgan kattalarning haddan taşqari yumşoqligi va bolaning injiqliklariga yon bosuvçanligi haqiqatan ham bolalarda jazosizlik hissini keltirib çiqaradi. Psixologlarning ta’kidlaşiça, oila bolani qiyinçiliklardan himoya qilmasligi kerak, balki uni qiyinçiliklarga doş berişga örgatişi kerak. Bundan taşqari, mutaxassislarning fikriga köra, zamonaviy maktab öquvçilari köpinça hissiyotlardan xalos qilişning an’anaviy usullaridan mahrum bölyapti: masalan, muloqot va öyinlar orqali. Ularning ota-onalari band, gadjetlarga mukkasidan ketgan va har doim ham bolaning içki dunyosini kuzatmaydi. Bu esa ösmirda yolğizlik tuyğusini kuçaytirib, tajovuzkor xatti-harakatlarni qözğatadi.