Buyuk Britaniya va bir qator Şimoliy Yevropa davlatlari Osloda Ukrainada heç qanday şarsiz öt oçişni töxtatişga çaqirdi. 8 va 9 may kunlari Norvegiya poytaxtida Birlaşgan ekspeditsiya kuçlariga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat, Yevropa va xavfsizlik muammolari böyiça mintaqaviy hamkorlikka bağişlangan yiğiliş ötkazdilar.
9 may, juma kuni Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore: «Uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun bizga sözsiz öt oçişni töxtatiş kerak», — dedi u.
2014 yilda taşkil etilgan JEF önta davlatni öz içiga oladi: Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Şvetsiya. 8 may oqşomida sammit iştirokçilari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Oq uy rahbari Donald Tramp bilan videoaloqa orqali muloqot qilişdi, deb xabar berdi AFP.
Finlyandiya prezidenti Aleksander Stubb Styore bilan qöşma matbuot anjumanida JEF Rossiyaga qarşi ehtimoliy sanksiyalarni AQŞ bilan muvofiqlaştirişni istaşini aytdi. Gap Zelenskiy tomonidan taklif qilingan Rossiya bank va energetika sohalariga nisbatan çeklovlar haqida bormoqda, deb tuşuntirdi Stubb.









