Germaniya kansleri Fridrix Mersning fikriça, Ukrainada 30 kunlik sözsiz otaşkesim masalasida töp Moskva tomonida. Mers 9 may, juma kuni Bryusselda tegişli bayonot bilan çiqdi. «Endi töp faqat Moskvaning tomonida. Faqat u yerda Ukrainada kelasi haftadan, ya’ni kelasi hafta boşidan uzoqroq muddatga öt oçişni töxtatiş, keyin esa Ukrainada uzoq muddatli tinçlik böyiça muzokaralar uçun maydon yaratiş imkoniyati bor-yöqligi hal qilinadi», — deya ta’kidladi Mers.
«Bu haqiqatan ham navbatdagi sinov, Rossiya prezidentining Ukrainada haqiqatan ham tinçlikka erişişga intilişining jiddiyligining öta aniq va haqiqiy sinovi», — deya qöşimça qildi u. Kanslerning sözlariga köra, Yevropa va Qöşma Ştatlar 30 kunlik otaşkesim haqidagi çaqiriqni birgalikda qöllab-quvvatlaydi. «Biz buni Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan ham töğri deb hisoblaymiz», dedi Mers.
Bu borada YeI davlatlari – Germaniya, Fransiya va Polşa, şuningdek, boşqa şeriklarning qöşma bayonoti loyihasi mavjud, deb xabar beradi Reuters. Kommyunike loyihasi «30 kunlik otaşkesim taklifi bilan asosan mos keladi», dedi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari va keng konsensus uçun, ayniqsa, AQŞ prezidenti Donald Trampdan minnatdor ekanini ta’kidladi.







