9 may kuni Moskva şahridagi tadbirlar doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar.

Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaş, şu jumladan Rossiya prezidentining ötgan yil may oyidagi Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhim ekani ta’kidlandi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni tayyorlaş va amalga oşirişni jadallaştiriş, şuningdek, hududlar örtasidagi kooperatsiya aloqalarini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar almaşinuvlar, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalarida samarali bölayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Özbekiston va Rossiya yetakçilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.