Şu tariqa, Air Samarkand Isroilga parvozlarni amalga oşirayotgan törtinçi Özbekiston aviakompaniyasiga aylandi. Jumladan, uşbu yönalişda Uzbekistan Airways, Qanot Sharq va Centrum Air kompaniyalari öz qatnovlarini amalga oşiradi.
Tel-Avivdagi "Ben-Gurion" aeroportida mazkur yönalişda parvoz qilgan yölovçilarni kutib oliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Air Samarkand aviakompaniyasining Isroildagi vakili va Asia Travel turistik kompaniyasi asosçisi Nissan Muşayev sözga çiqdi.
Air Samarkand aviakompaniyasi mazkur yönalişda qatnovlarni dastlabki bosqiçda haftada bir marta – har yakşanba kunlari amalga oşiradi. Şu yilning 10 iyul sanasidan boşlab esa har payşanba kuni qöşimça reys yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda.








