Ukraina Taşqi işlar vazirligi 9 may kuni Moskvada Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan paradga taşrif buyurgan davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini taklif qildi va ularga demarş e’lon qildi.
Vazir birinçi örinbosari Sergey Kislitsaning ta’kidlaşiça, 2022 yildan beri davom etayotgan keng kölamli harbiy harakatlarni hisobga olib, Kiyev Qizil maydondagi bayram tadbirlarida xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari iştirok etişini nodöstona qadam sifatida baholamoqda.
Departamentning fikriça, ularning tadbirda iştirok etişi «Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari va qahramonlari xotirasini abadiylaştirişga heç qanday aloqasi yöq».
Moskvada ötkazilgan Ğalaba paradiga 20 dan ortiq xorijiy davlat rahbarlari taşrif buyurdi.
Demarş - bu muayyan masala böyiça davlatning pozitsiyasini ifodalaşga qaratilgan diplomatik harakat yoki bayonot. Bu norozilik, harakatga çaqiriş yoki xalqaro masalalar böyiça pozitsiyani tuşuntiriş şaklida bölişi mumkin.









