Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaa korxonalarida işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş uçun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan mablağdan 1 milliard yevro ajratdi. «Ukraina özini yaxşiroq himoya qilişi uçun (Rossiyaga qarşi mudofaa uruşida) Ukraina mudofaa sanoati uçun hozirgina bir milliard yevro ajratdik», dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 9 may, juma kuni Lvivda bölib ötgan YeI taşqi işlar vazirlarining yiğilişida. Uşbu mablağlar «kelgusi oylarda qöşimça harbiy yordam beradi, bu juda muhim», dedi Kallas.
Yiğilişda iştirok etgan Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barroning ta’kidlaşiça, uning mamlakati, öz navbatida, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşgan mablağni Fransiyada işlab çiqarilgan va «Rossiya hujumlarini qaytariş uçun» Ukrainaga yetkazilgan 60 ga yaqin Caesar gaubitsalarini ta’mirlaşni moliyalaştiriş uçun işlatadi. «Biz tinçlikni xohlaymiz va bugungi kunda tinçlik yölida faqat Moskva tösiq bölib turibdi», — deya qöşimça qildi Barro.
«Ukraina qurollari uçun Rossiya puli. Bugun YeI Ukrainani harbiy qöllab-quvvatlaş uçun deyarli 1,9 milliard yevro ajratiş niyatini rasman e’lon qildi. Bu tarixiy qaror, çunki Ukraina uçun qurol muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Yevropa Tinçlik jamğarmasi orqali olingan daromadlar hisobiga sotib olinadi», deb yozdi Ukraina boş vaziri Denis Şmixal Lvivda ötkazilgan uçraşuv yakunlari böyiça Telegram kanalida.









