Germaniya hukumati Ukrainaga körsatilayotgan harbiy yordamlarga oid batafsil ma’lumotlarni e’lon qilişni töxtatadi. Bu haqda kansler Fridrix Mers Kiyevga taşrifi vaqtida ma’lum qildi.

«Mening rahbarligim ostida qurol-yaroğ ta’minoti, kalibrlar, qurollaniş tizimlariga oid bahslar jamoatçilik e’tiboridan çetga olinadi», — deydi u.

Reuters manbasiga köra, Ukrainaga harbiy yordam böyiça ma’lumotlar yaşiriladi, bu esa «strategik noaniqlik»ka erişiş va Rossiyaning uruşda ustunlikka ega bölişining oldini oliş maqsadida amalga oşiriladi. Uning aytişiça, hukumat 2022 yil 21 iyundan buyon yangilanib kelgan yetkazib berilgan qurollar röyxatini yuritişni ham töxtatadi.

Kiyevda ötkazilgan sammitda Mersdan uzoq masofaga möljallangan Taurus raketalarini yetkazib beriş haqida ham söraşdi, bu masala uning saylovoldi va’dalaridan biri edi. Siyosatçi aniq javob bermadi, biroq bunday ehtimolni istisno ham etmadi. Saylovdan biroz oldin u bu qaror «hamkorlar bilan kelişilgan holda» qabul qilinişini aytgandi.

6 may kuni kansler lavozimiga kirişgan Mers Germaniya Rossiya bosqiniga qarşi kuraşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş majburiyatidan voz keçmasligini ta’kidladi. «Bu bizning umumiy Yevropa manfaatlarimizga daxldor. Uruş nafaqat Ukraina hududiy yaxlitligiga, balki butun Yevropa siyosiy tartibiga ham tahdid solmoqda. Şuning uçun biz Ukraina bilan birgamiz», — dedi u. Öşa kunning özida Germaniya hukumati Ukrainaga 66 ta minalarga çidamli zirhli texnika, 50 mingga yaqin artilleriya snaryadi va havo hujumidan mudofaa tizimi IRIS-T uçun öq-dorilar yetkazilganini ma’lum qildi.

Bundan oldin Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Berlin 2029 yilgaça Kiyevga 11 milliard yevrodan ortiq harbiy yordam ajratişini ma’lum qilgandi, bu mablağning 3 milliard yevrosi aynan joriy yilga töğri keladi. 2025 yil oxirigaça Ukraina IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimidan törttasini va unga 300 dona raketani, şuningdek, Patriot uçun 30 ta raketa, 15 ta Leopard 1 tankini, 25 ta Marder jangovar maşinasini hamda 100 ming dona artilleriya öq-dorilarini oladi.