Oliy Majlis Qonunçilik palatasida eng köp öringa ega ikki fraksiya – Liberal-demokratik partiya va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi birlaşib, “Taraqqiyot bloki”ni tuzdi. Bu bilan parlamentda rasman köpçilik şakllandi. Şunga öxşaş blok 20 yil oldin ham tuzilgandi.

Avvaliga Özbekiston parlamentini qisqa tariflasak. Oliy Majlis ikki palatadan iborat. Yuqori palata – Senat, 65 senatordan iborat. Quyi palata – Qonunçilik palatasida jami 150 deputat bor. U yoki bu hujjat qonun şaklida kuçga kirişi uçun uni Qonunçilik palatasi qabul qilişi, Senat ma’qullaşi va prezident imzolaşi kerak.

Ayrim istisnolarni inobatga olmaganda, aksariyat qonunlar qabul qilingan deb hisoblanişi uçun deputatlarning köpçiligi (50 foiz + 1 nafar) uni yoqlab ovoz berişi kerak. Bu – 150 deputatdan iborat palatada 76 ta örinni olgan partiya köpçilik bölişini anglatadi. Ayni paytda ÖzLiDeP 64 ta öringa ega, ya’ni şu paytgaça parlamentda köpçilikni taşkil etuvçi guruh yöq edi. Yetakçi partiyaning son jihatdan ikkinçi örindagi “Milliy tiklaniş” bilan blok tuzişi natijasida, 93 deputatdan iborat bu blok köpçilikni taşkil etmoqda.

Xöş, bunday blok Özbekiston tarixida birinçi marta tuzilyaptimi? Yöq, Oliy Majlis tarixida şunga öxşaş blok avval ham tuzilgan.

2005 yil fevral oyida Özbekiston tarixida birinçi marta uçta partiya iştirokidagi “Demokratik kuçlar bloki” tuzilgan edi. B uçta partiya – ÖzLiDeP, “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi edi. Bu blokning ğalati tomoni şunda ediki, mafkurasiga köra teskari partiyalar bitta blokka birlaşgan edi. ÖzLiDeP – iqtisodiy öng va siyosiy qadriyatlarga köra söl partiya, “Adolat” – klassik söl partiya, “Fidokorlar” – töliq öng partiya edi.

Bugungi blokdagi ikki partiya – ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” öng partiyalar hisoblanadi. “Milliy tiklaniş” – klassik öng qanot partiya bölsa, ÖzLiDeP iqtisodiy masalalarda öng, siyosiy masalalarda esa markaz yoki sölroq pozitsiyani egallaydi. Qolaversa, bu ikki partiyaning ittifoqçiligi bugun boşlangani yöq: ular oxirgi prezidentlik saylovida yagona nomzodni ilgari surdi.

20 yil oldingi blok tuzilgan paytda, Özbekiston ğarbga ança yaqinlaşgan, içki siyosatda demokratik islohotlarni körsatişga urinayotgan davlat edi. 2005 yilning fevralida bir neçta maqsadlar bilan tuzilgan blok, may oyiga borib, Andijon voqealaridan keyin özining siyosiy ğoyasini, ahamiyatini yöqotadi. Özbekistonda boşqa, juda qattiqqöl siyosiy kayfiyat hukm sura boşlaydi.