11 may kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 03:03 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,08 gradus shimoliy kenglik; 72,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 3,1. Chuqurlik – 5 km. Episentr – Toshkentdan 263 km janubi-sharqda.
Andijon va Namangan viloyatlarida sezilish kuchi:
- Paxtaobod tumani – 2−3 ball, 15 km;
- Izboskan tumani – 2 ball, 20 km;
- Uchqo‘rg‘on tumani – 2 ball, 21 km.















