Assalomu alaykum. Bugun 11 may, yakşanba. Ortda qolayotgan hafta davomida dunyoda yana bir jiddiy uruş boşlandi. Hozirça navbatdagi eskalatsiya havo uruşi körinişida ötdi, lekin ikki tomonda ham yadroviy davlatlar turgani vaziyatni qörqinçli qilib turibdi. Şuningdek, hafta davomida Tramp ritorikasini özgartirib, endi Ukrainani tanqid qilmay qöydi. «Barselona» «Oltin töp»ni yutişga ikki asosiy da’vogar futbolçisi bilan Çempionlar Ligasidan çiqib ketdi. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, hafta davomida dunyoda sodir bölgan şu va boşqa muhim xabarlarni yodga olamiz.
Yana bir uruş
Ötgan haftadagi körsatuvimizda dunyo yana bir xavfli uruş yoqasiga kelib qolganini aytgandik. Bu hafta nihoyat Kaşmirdagi «porox boçkasi» portladi. 26 odam öldirilgan teraktda Pokistonni ayblagan Hindiston qöşnisiga hujum qildi. Dehli hujumlar nişoni Kaşmirdagi teraktni uyuştirgan guruhlar pozitsiyasi bölganini ma’lum qildi. Pokiston ham qarab turmadi va Hindistonga raketa uçirdi, 5 ta qiruvçi samolyotni urib tuşirdi.
Ikki davlat çegarasida ham otişmalar bölib turibdi, lekin asosiy jang havoda keçdi. Havo uruşida ikki tomondan 125 ta qiruvçi samolyot qatnaşdi. Har ikki davlat uçoqlari qöşni mamlakat hududini kesib ötmagan. Ba’zi holatlarda 160 kmdan turib zarba berilgan. Pokiston mudofaa vazirligi hindlarning 5 ta qiruvçisi yöq qilinganini ma’lum qildi. Bu aviatsiya zamonaviy tarixidagi eng yirik havo jangi bölib tarixga kirdi.
Moskva aeroportlarida kollaps
9 maydagi ğalaba paradiga mehmonlar kelişi arafasida Ukraina Moskvadagi aeroportlarga dron hujumi amalga oşirdi. 7 mayga ötar keçasi dron hujumi xavfi sabab Şeremetevo aeroporti reyslarni qabul qilişni töxtatdi. Keyinçalik Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida ham çeklovlar joriy etildi. Aviakompaniyalar Moskvaga boradigan reyslarni bekor qila boşladi. «Aeroflot»ning özi Moskvaga uçadigan 54 ta, Moskvadan uçuvçi 52 ta reysni bekor qildi. Ukraina prezidenti Zelenskiy «Moskva osmoni haqli tarzda xavfli ekani»ni aytdi.
Hafta sargardoni – prezident Vuçiç
Moskvadagi paradga eng katta qiyinçilik bilan yetib borgan mehmon Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç böldi. Avvaliga Latviya va Litva Vuçiçning Moskvaga uçajak samolyotiga öz osmonini oçmadi. Keyin Moskva aeroportlari dron hujumi sabab yopilgaç, Vuçiçning uçoği Bokuga favqulodda qönişga majbur böldi. Uçoq Ozarboyjonda biroz turgaç, Moskvaga uçib ketdi.








