Yevropa osmonidan Etihad’gaça – özbekistonlik styuardessa hikoyasi
|18:05 / 11.05.202523 80113 min
“Styuardessalik faqat öyin-kulgi va sayohatdan iborat emas. Kuniga 20 soat tik oyoqda, havodagi bosimda işlaşingizga töğri keladi”, – deydi Yevropa aviakompaniyalarida işlagan özbekistonlik styuardessa Iroda Mamadaliyeva. U Kun.uz’ga bergan intervyusida qanday qilib bort kuzatuvçisi böliş, unga qöyiladigan talablar, Etihadʼdan taklif olgani va parvozning köpçilikka noma’lum jihatlari haqida gapirib berdi.
Orzular, qarşiliklar va ilk reys
Men uçun samolyot avvalambor orzularim uşalgan joy. Bu kasbni juda sevib qolaman deb öylamaganman. Hamma kabi menda ham aviatsiya sohasida işlaş orzusi bölgan. Bu sohaga kirib kelganimdan keyin bu orzumdagi va men har doim işlaşni xohlagan joy ekaniga amin bölganman.
Juda köp tösqinliklar bölgan. Birinçi trening kuni uyimdagilar telefon qilib bu sohada işlamasligimni aytişgan. Bu narsadan juda xafa bölganman. Aslida juda maşaqqatli va talablari kuçli soha, men esa unda muvaffaqiyatga erişişimni tuşuntirganman. Şundan keyin rozi bölişgan. Hozir köp qizlarda ham şu muammo bor.
Birinçi reys kunim oğir holatda ötgan. Tartib böyiça erta uxlab, erta turişga örganganman. Birinçi parvozim Toşkent-Istanbul yönalişida bölgan. Tungi parvoz bölgani uçun uyqu rejimimni töğrilay olmaganman, juda qiyin ötgan. Siz har doim har xil vaqtlarda işga çiqişingizga töğri keladi.
Öqituvçilikdan samolyotgaça
Styuardessalikkaça turli sohalarda işlab körganman. 4 yil ingliz tili öqituvçisi bölganman. Keyin kasbimni özgartirişim kerakligini tuşundim. Har doim ösib rivojlanişni xohlayman. Bir joyda qotib qolgandek his qildim. Şunda aviatsiya orzum bölgan va sinab körişni xohladim. Aviakompaniya işga taklif qilgan. Işlab körmagunimça bu mening soham ekanini tuşunmaganman. Şunçaki sinab köraman, yaxşi bölsa davom ettiraman, deb öylaganman. 2-3 parvozimda bu mening kasbim ekanini tuşundim.
Bort kuzatuvçilariga qanday talablar qöyiladi?
Bort kuzatuvçisi böliş uçun ingliz va rus tillarida bemalol gaplaşa oliş kerak. Işlayotgan aviakompaniyangizga qarab bu talab özgarib boradi. Yevropa va arab aviakompaniyalarida işlaş uçun siz ingliz tilini yaxşi bilişingiz kerak. Şuningdek, soğligingizda heç qanday muammo bölmasligi kerak. Agarda soğlikda muammo bölsa, sohaga kira olmasligingiz mumkin. Aviatsiyada xavfsizlik birinçi örinda. Bort kuzatuvçisining soğligi yaxşi bölişi kerak. Şuningdek, kiriş imtihonlari olinadi va sizga turli talablar qöyiladi.
Mavzuga oid
Birinçi işga kirgan aviakompaniyam Yevropa aviakompaniyasi bölgan. Unga kirişda bir neçta bosqiçlardan, avvalo intervyu bosqiçida turli savollar berilgan. Undan keyin tibbiy körik bosqiçida soğligimiz tekşirilgan. Şundan keyin ESA sertifikat borligi uçun öqiş davomida ham imtihonlar topşirganmiz.
Özbekistonda ham Centrum Airʼga işga qabul qilindim. Unda birinçi CV topşiriladi va suhbatga çaqiriladi. Suhbatda nima uçun styuardessa bölişni xohlaysiz kabi savollar beriladi, suhbatda özingizni yaxşi körsatsangiz, işga qabul qilinasiz.
“Etihad’dan taklif oldim”
Yaqinda BAAning milliy aviakompaniyasi Etihad’dan taklif oldim. Bunga kiriş murakkab keçdi. Çet el aviakompaniyalariga işga kiriş köp vaqt oladi va sizga köp talablar qöyiladi.
CV topşirişdan boşlaysiz, undan keyingi bosqiçda suhbat, undan keyin ingliz tili testi böladi. Test juda qiyin edi. Undan keyin barça bosqiçlardan ötsangiz, oxirgi öşa davlatga köçib ötiş boşlanadi. Menda ham şu tartibda ketgan. Lekin çet el aviakompaniyalariga işga kiriş 3 oydan 1 yilgaça vaqt olişi mumkin.
Bulardan taşqari, amaliy könikmalar, xususan suziş mahorati talab qilinadi. Çunki har xil favqulodda holatlar, samolyot suvga qönişiga töğri kelganda siz yölovçilar hayotini saqlab qolişingiz kerak. Şu sababli öqiş maşğulotlarida suziş imtihonlaridan ötişingiz kerak.
Öqiş jarayonida öt öçiriş, trapdan sakraş böyiça öqitiladi. Agar samolyot favqulodda qönsa, yölovçilar tuşişiga möljallangan zinalar kelgunça yölovçilar samolyotni tark etişi kerak. Yölovçilarni qanday qilib qutqarib qolişni örgatiş maqsadida amaliy darslar ötiladi.
Bort kuzatuvçilari janjalli holatlarni qanday bartaraf etadi?
Janjalli holatlar reysdan, samolyot havoga kötarilişidan oldin böladi. Yölovçilar joylariga ötirib olgunça. Biz bunday holatlarda ularni tinçlantirişga harakat qilamiz. Agar yölovçilar yana janjalni davom ettirsa, öşa yerdagi xodimlarga aytiladi, ular reysdan yeçiladi. Çunki parvoz davomida yana şunday holat kuzatilsa, bu favqulodda holatga aylanib ketişi mumkin. Şunday holatlar böladiki, yölovçilar muştlaşib ketgan va kimdir huşidan ketgan holatlar yuz berişi mumkin. Bu aviakompaniya va biz xodimlarga katta muammo tuğdiradi. Janjal öz joyida hal qilinmasa, yölovçilar reysdan yeçiladi.
Menda bunday vaziyatlar juda köp böladi, ayniqsa, Istanbul-Toşkent reysida. Şuning uçun ham ijtimoiy tarmoqlarga (yölovçilar janjallaşganiga oid) videoni qöyganman. Bilmadim, nega bizda bunday madaniyat, janjallaşiş holatlari köp kuzatiladi. Ayniqsa, bortda özini tutiş madaniyati hali şakllanmagan. Balki, sayohat qiliş madaniyati şakllanmagani uçundur, ammo bu narsa asta-sekin yaxşilanyapti.
Aslida biz yölovçilarning janjallariga aralaşmaymiz. Aytamiz, tinçlik saqlang, agar joyingizga ötirmasangiz, reysdan tuşirib qoldiramiz.
ESA sertifikati haqida
ESA Yevropada parvoz qiliş uçun ruxsat beradigan sertifikat. Uçuvçilar va bort kuzatuvçilar, aviatsiya sohasida işlovçilar ESA sertifikati bilan işlaşi mumkin. Bu sertifikatga Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi. Uni oliş tarixim Yevropa aviakompaniyasiga işga kirişim bilan boğliq. Işga kirgaç bizga britaniyalik öqituvçilar kelib ESA sertifikati böyiça öqitişgan. Nazariy imtihonlarni Özbekistonda, amaliy imtihonlarni Turkiyaning Turkish Airlines trening markazida topşirganmiz. Bu sertifikat bir marta beriladi va keyinçalik yangilab borsangiz böladi.
Parvoz madaniyatidagi farqlar
Avvalo Yevropa aviakompaniyasida işlaş menda yaxşi taassurot qoldirgan. Hamkasblar bilan işlaş, yölovçilarning özini tutiş madaniyati ham rivojlangan. Köp sayohat qiladigan odamlar bortda özini qanday tutiş kerakligini yaxşi bilişadi. Samolyot havoga kötarilişidan oldin biz xavfsizlik qoidalari bilan taniştiramiz. Har doim çet ellik, yoki yevropalik yölovçilar bunga amal qilişadi. Lekin Özbekiston reyslarida şunday holatlarni kuzatganman, yölovçilar oddiy kamarni taqişmaydi. Birgina kamar taqmaganlik uçun turbulentlik vaziyatlarida hayotdan köz yumişi mumkin.
Istanbul-Toşkent yönalişida bir yölovçi bilan ajoyib voqea bölgan. Samolyotda yoş bolalar va keksalar uçun sanoqli yopinçiq va yostiqlar beriladi. Bir yölovçiga qolmaganini aytganimda tuşunmasdan, şikoyat qilişni boşlagan. Katta muammo kelib çiqiş arafasida edi, unga vaziyatni yotiği bilan tuşuntirganman. Şu men uçun parvoz davomidagi eng yoqimsiz holat bölgan.
Har doim ham bort kuzatuvçilar hamma narsa bilan ta’minlab berişga majbur emas yoki bu narsa qöllaridan kelmasligi mumkin.
Gretsiya va grek tili haqida
Parvoz davomida köp joylarga uçamiz, turli davlatlarda bölib u yerda 1-2 kun vaqt ötkazişimiz mumkin. Aytadigan bölsam, Gretsiya, Qadimgi Yunoniston menga eng köp yoqadigan va meni eng köp ilhomlantirgan davlatlardan biri. Uning boy tarixi va orollari meni hayratga solgan. Ötgan yili yozda Afinada Milliy Kapodistrian universitetida tahsil oldim. Öşa vaqt davomida u yerda yaşadim, haqiqatan juda yaxşi joy, odamlari mehmondöst.
Yozgi almaşinuv darsi bölgan. Turli davlatlardan öquvçilar aynan grek madaniyati va tilini örganiş uçun kelişardi. Jahon tillari universitetida bizga ikkinçi til sifatida grek tili öqitilgan. Ustozim Surayyo Musayevna “Ibrat farzandlari”da grek tilidan dars beradi. Ular meni bu tilga qiziqtirgan va men Gretsiyada grek tilni örgandim.
Turli aviakompaniyalardan taklif va aviatsiya tayyorlov kursi
Bugungi kungaça juda köp aviakompaniyalardan taklif olganman, Xususan, Özbekistondagi Air Samarkand va Centrum Air. Bundan taşqari, BAAning Etihad aviakompaniyasidan ham. Hozir BAAda özbeklar uçun viza muammo bölyapti, turli xil voqealar tufayli men hali ham viza bosqiçidaman. Umid qilamanki, tez orada Abu Dabi şahriga köçib ötaman.
Aviatsiyada iş boşlaganimdan keyin juda köp yoşlar bu sohaga qiziqişini, qanday kirişni sörab mendan maslahat söraşardi. 4 yillik öqituvçilik faoliyatim davomida pedagogik mahoratga ega edim. Tuşunib yetdimki, darslik qilsam yoşlar uçun foydali böladi deb. 2024 yil 14 aprelda 2 oylik dars rejalarini tuzganimdan keyin “Aviatsiyaga tayyorlov” kursi şakllandi. Birinçi 20 dan ortiq öquvçi kursga röyxatdan ötdi, keyingi natijalar quvonarli böldi. Hozirda 50 dan ortiq öquvçilar aviakompaniyalarga işga kirdi. Uning nomini akademiyaga özgartirişga qaror qildim. Hozir u “Aeropath Academy” nomi bilan ataladi. Akademiyamizda 1000 ga yaqin öquvçi tahsil olyapti.
“Aviatsiyaga işga kirganim inson sifatida meni şakllantirdi”
Insonlar bilan qanday muloqot qiliş, sabrlilik va stressga çidamlilik qobiliyatimni oşirdim. Aviatsiya yoş qizaloq sifatida qilgan barça orzularimni amalga oşirdi. Aviatsiya maşaqqatli, balki juda gözal soha. Sayohat qilişni orzu qilmagan odamning özi bölmasa kerak, u mana şu orzumni uşaltirgan.
“Kuniga 20 soatgaça ham işlaşingiz mumkin”
Çiroyli köringan soha aslida eng maşaqqatli böladi. Boşqalar öylaşadi, faqat sayohat qiliş va öyin kulgidan iborat deb. Kuniga 200 va undan oşiq yölovçilar bilan işlaş, tik oyoqda yuriş, undan taşqari havoda bosim juda ham baland böladi va qon aylanişi sekinlaşişi natijasida tez çarçab qolasiz. Qiyinçilik tarafidan yana biri rejim buzilişi. Organizm har doim bir xil rejimga örgangan böladi, lekin siz aviatsiyaga kirib kelsangiz, bugun soat 3 da uxlasangiz, ertaga soat 3 da işda bölişingiz mumkin.
Yaqinda Şarm-aş Şayx Toşkent yönalişi böyiça borib qaytib keliş reysim böldi. 12 soat davom etdi, bu reysni amalga oşiriş uçun siz 14-15 soat vaqt sarflaysiz. Tayyorgarlik köriş, aeroportga boriş, yölovçilarni kutib oliş, kuzatib qöyiş va qaytib keliş jarayoni… Siz kuniga 20 soatgaça ham işlaşingiz mumkin, bu siz bosim ostida işlaşingiz kerak degani.
Eng kerakli könikmalardan biri avvalo yölovçilar bilan qanday çiqişişni bilişdir. Işga kirayotganda iş tajribasi söraladi, ya’ni customer servise deyiladi. Yölovçilar bilan işlaş tajribasiga ega böliş kerak. Har kuni har xil yölovçilar bilan işlaysiz, qandaydir tuşunmovçiliklar va tortişuvlar bölişi mumkin. Bundan taşqari, stressga çidamlilik. Har doim çarçasangiz ham yölovçilarga kulib qaraşingiz va yaxşi kayfiyatda yurişingiz kerak. Çunki bu sohaga kirganingizdan keyin siz aviakompaniya yuzi hisoblanasiz. Öşa aviakompaniya xizmatlarini professional tarzda körsatişingiz kerak.
Uçuvçi kabinasi hammaga, bizga ham qiziq. U yerdan osmon juda çiroyli körinadi. Bizda şunaqa imkoniyat bor, iş vaqtida böş vaqtimiz bölsa, uçuvçi kabinasiga borib, atrofni tomoşa qilişimiz mumkin.
Hozirda aviatsiya sohasi juda rivojlangan, samolyot eng xavfsiz transport hisoblanadi. Şuning uçun favqulodda vaziyatlar deyarli uçramaydi. Özbekiston havo yöllarida heç qaçon uçramagan, bizda turbulentlik vaziyatlari sodir bölib turadi. Agar ob-havo yomon bölsa, samolyot qattiqroq silkinişi mumkin. Bunday holatlarda qanday qilib kabinada xavfsizlikni ta’minlaş böyiça maxsus maşğulotlardan ötganmiz, bunday holatlar biz uçun unçalik qörqinçli emas.
“Uçuvçi böliş orzum bor”
5 yildan keyin özimni yaxşi turmuş örtoq, yaxşi farzandning onasi, şu bilan birga juda köp yoşlarga yordam bera olgan ustoz sifatida köraman. Umid qilamanki, 5 yildan keyin akademiyamiz yanada kengayadi. Özimning ham kasbiy taraflama rejalarim bor, aviakompaniyalarda iş faoliyatimni davom ettiriş, uçuvçi böliş uçun harakat qiliş.