«Kambağal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2025 yil 15 maydan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va uşbu reyestrga tuşiş xavfi bölgan oilalar «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari ularning toifasiga qarab körsatiladi.
«Qizil» toifaga – oila a’zolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bölgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
- a’zolarining kamida 1 nafari soğliğining holatiga köra mehnat qiliş imkoniyatiga ega bölmagan;
- parvarişga muhtoj a’zosi, şu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bölgan;
- özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz yaşovçi yoki yolğiz keksa yoxud yolğiz nogironligi bölgan şaxsdan iborat bölgan;
- boquvçisini yöqotgan yoki boquvçisi jazoni ijro etiş muassasasida bölgan oila.
«Sariq» toifaga – oila a’zolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bölgan hamda a’zolari soğliği holatiga köra mehnat qiliş imkoniyatiga ega bölgan oilalar kiritiladi.
«Yaşil» toifaga – oila a’zolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigaça bölgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
- oila «qizil» yoki «sariq» toifadan çiqarilgan bölsa;
- oilaning Kambağal oilalar reyestriga kiritilişi ehtimoli yuqori bölsa.








