Fiziklar dunyodagi eng kuçli zarraça tezlatgiçi bölgan Katta adron kollayderida (KAK) birinçi marta qörğoşinni oltinga aylantirişga muvaffaq böldi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

Asrlar davomida qörğoşinni oltinga aylantiriş ğoyasi - xrizopeya - erişib bölmaydigan marradek tuyulgan edi. Bu ikki metalning ziçligi öxşaş, ammo atom darajasida farqlanadi, şuning uçun ularni kimyoviy usullar bilan bitta metallga aylantirib bölmaydi. Biroq, yadroviy reaksiyalar yordamida bunga erişiş mumkin, bu Yevropa yadroviy tadqiqotlar taşkiloti (CERN) tomonidan tasdiqlandi.

Tadqiqot davomida qörğoşin yadrolari yoruğlik tezligining 99,999993 foizigaça tezlaşdi. Ular deyarli yuzma-yuz töqnaşdi, lekin oxirgi lahzada ajralib ketdi. Fotoyadro reaksiyalari boşlandi, bu kamdan-kam hollarda qörğoşin yadrolari (82 proton bilan) uçta protonni yöqotib, oltinga (79 proton bilan) aylanişiga olib keldi. Jarayon sekundiga 89 ming özgariş tezligida sodir böldi, ammo hosil bölgan atomlar tezda parçalanib ketdi.

Olimlar qörğoşinni oltinga aylantiriş mumkinligini tasdiqladi, biroq, uni işlab çiqariş uçun Katta adron kollayderidan foydalaniş eng yaxşi ğoya emas. Tajribalar davomida olimlar oltinning arzimas hajmiga ega böldi - nikoh uzugini yasaş uçun zarur bölganidan trillion marta kamroq. Qimmatbaho metalning bir grammini oliş uçun kollayderni kvadrillion yil davomida işlatiş kerak böladi.