Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Polşa Taşqi işlar vazirligining Afğoniston böyiça maxsus vakili Vitold Sobkov va Polşa Taşqi işlar vazirligi Şarq departamenti direktori örinbosari Marek Tsalka bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, muloqot çoğida Afğoniston yönalişidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlaş kontekstida Özbekiston-Polşa hamkorligini yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar afğon kelişuvi masalalari böyiça tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va muntazam maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib oldi.