Turizm qömitasi ma’lumotiga köra, bu mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan izçil islohotlar, xususan, oçiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş natijasidir.
Özbekiston prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirişga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilişi, vizasiz rejimlarni kengaytiriş, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol iştirok etiş mamlakatimiz jozibadorligini yanada oşirmoqda.
Kelgusida ham sohani yanada rivojlantiriş, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytiriş hamda ekologik va barqaror turizm yönalişlarini qöllab-quvvatlaş orqali Özbekistonni jahon miqyosida raqobatbardoş va jozibador turistik yönalişga aylantiriş maqsad qilingan.









