Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Zelenskiy Putinni şaxsan uçraşişga taklif qildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina zudlik bilan Rossiyaning taklifiga rozi bölişi va 15 maydan Turkiyada töğridan töğri muzokaralarni boşlaşi kerakligini aytgan.

«Heç bölmaganda, ular bitim tuziş mumkinmi yoki yöq — şuni aniqlab olişadi. Agar mumkin bölmasa, unda Yevropa yetakçilari hamda AQŞ vaziyat qandayligini köradi va tegişli tarzda harakat qilişlari mumkin böladi!» — deb yozadi Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.

Volodimir Zelenskiy öz navbatida Putin bilan muzokaralarda uçraşişga tayyorligini ma’lum qildi.

«Ertaga biz öt oçiş töliq va uzoq muddatga töxtatilişini kutyapmiz — bu diplomatiya uçun zarur asos yaratadi. Qotillikni çözişning heç qanday ma’nosi yöq. Va men Putinni payşanba (15 may) kuni Turkiyada kutaman. Şaxsan», — deb yozadi Zelenskiy özining Telegram kanalida.

Vladimir Putin 11 mayga ötar keçasi Kremlda matbuot anjumani ötkazib, Ukrainaga «2022 yilda töxtatib qöyilgan» töğridan töğri muzokaralarni 15 maydan Istanbulda, dastlabki şartlarsiz boşlaşni taklif qilgandi.

Şuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlaşib, Rossiya-Ukraina muzokaralarini Istanbulda tiklaş taşabbusini olqişlagan hamda bu muzokaralarni ötkazişga tayyor ekanini bildirdi.

Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kişi rahbarlik qiladi

Buyuk Britaniyaning Maxfiy razvedka xizmatiga (MI6) tarixida ilk bor ayol rahbar tayinlanadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Ma’lumotlarga köra, nomzodlardan kamida ikkitasi MI6’ning amaldagi ayol xodimlari hisoblanadi, şu bois ularning ismlari oşkor qilinmagan. Nomzodlardan biri – MI6 muhandislik bölimi rahbari bölib, u amaldagi direktorning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinmoqda.

Yana bir nomzod — Barabara Vudvord. U ilgari Britaniya Çegara agentligini boşqargan, hozirda esa Birlaşgan Qirollikning BMTdagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yurityapti.

Amaldagi MI6 rahbari Riçard Mur ilgari diplomatik xizmatda işlagan, keyin esa Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi elçisi bölgan, 2020 yilda esa MI6’ga direktor sifatida qaytgan. Uning lavozimdagi 5 yillik muddati şu yil yakunlanadi va örniga kadr tanlaş jarayoni jadallaşgan.