Dam oliş kunlarida Rossiya va Ukraina vakillari davom etayotganiga uç yildan oşgan uruşga çek qöyiş uçun bir neçta bayonot berdi. Tomonlar 8 may kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukrainadan 30 kunga öt oçişni töxtatişni talab qilganidan söng sa’y-harakatlarini faollaştirdi – aks holda AQŞ va uning ittifoqçilari «qöşimça sanksiyalar kiritardi».

Öşanda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan «har qanday formatda» muzokaralar olib borişga tayyorligini aytgandi. Şu fonda Xitoy Taşqi işlar vazirligi 9 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Jinpingga Rossiya oldindan heç qanday şart qöymasdan tinçlik muzokaralarini boşlaşga tayyorligini aytgani haqida xabar berdi (avvalroq Tramp Xitoydan uruşni töxtatişda yordam söraşini aytgan edi).

10 may kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga kelganida yangi buriliş yuz berdi. Ular Volodimir Zelenskiy bilan birgalikda Donald Trampga qönğiroq qilişdi.
Telefon orqali 15 daqiqalik muloqotdan söng Ukraina rasmiylari Kiyev va «barça ittifoqçilar» 12 maydan boşlab kamida 30 kun davomida quruqlik, havo va dengizda öt oçişni töliq va sözsiz töxtatişga tayyorligini ma’lum qildi. Kreml bunga javoban Rossiya bu taklif haqida «öylab körişi kerakligi»ni bildirdi. «Bu voqealarning yangi rivoji. Bizning öz pozitsiyamiz bor», – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Rossiya pozitsiyasi 11 mayga ötar keçasi Vladimir Putinning videomurojaatida bayon etildi (u Moskva va Kiyev vaqti bilan tungi soat ikkida namoyiş etildi).

«Biz Kiyev rasmiylariga 2022 yil oxirida ular töxtatgan muzokaralarni qayta boşlaşni taklif qilamiz. Oldindan heç qanday şart qöymasdan, töğridan töğri muzokaralarni qayta tiklaşni. Ortga surmasdan keyingi payşanba, 15 may kuni Istanbulda boşlaşni taklif qilamiz. Ular ilgari ötkazilgan joylarda va ular töxtatilgan joylarda», – dedi Putin. Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukrainaning 30 kunlik sulh taklifiga izoh bermadi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning nomini tilga olmagan holda, 11 may kuni şunday dedi: «Rossiyaliklar nihoyat uruşni yakunlaş haqida öylayotgani yaxşi belgi… Rossiya ertadan, 12 may kunidan boşlab töliq, uzoq muddatga va işonçli tarzda öt oçişni töxtatişini tasdiqlaşini kutamiz va Ukraina uçraşişga tayyor».

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak esa avvaliga Rossiya 30 kunlik otaşkesimga rozilik bildirişi lozimligi, şundan keyingina «qolgan işlar»ni muhokama qilişni boşlaş mumkinligini aytdi. RF TIV rasmiysi Mariya Zaxarova bunga javoban Rossiya hukumati talabiga köra, avval Istanbulda «birlamçi sabablar böyiça muzokaralar» boşlanişi, keyin esa «yaraşuv haqida ham gaplaşiş mumkin bölişi»ni aytib çiqdi. Fransiya, Germaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlari yetakçilari ham Rossiyadan öt oçişni sözsiz töxtatiş qarorini kutayotganini aytişdi. Turkiya muzokaralar uçun maydon taqdim etişga tayyorligini bildirdi.