«Mançester Siti» APLni allaqaçon tark etib ulgurgan «Sauthempton»ga qarşi öyinda oçko yöqotib, barçani ajablantirdi. Xosep Gvardiola Marmuşni zaxiradan tuşirişga şoşilmadi, misrlik futbolçi esa köproq vaqtga ega bölganida öyinni qutqarib qolişi mumkin edi, asosiy vaqt yakuniga 6 daqiqa qolganida maydonga tuşgan futbolçi öyinni jonlantirdi va hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarning birinçisida u yöllagan zarba darvoza tösinini titratdi. Muhim oçkolarni yöqotgan «şaharliklar» nafaqat uçinçi örinni, balki YeÇLga yöllanma beruvçi kuçli beşlikdagi örinni ham xavf ostida qoldirdi.
«Aston Villa» esa öz maydonida kuçli öyin körsatadigan «Bornmut»ni safarda mağlubiyatga uçratib, özidan talab etiladigan işni bajardi. Bu mavsumda jamoa töpurari Uotkins yettinçi marta Rodjyersning assisti orqali gol urdi. APLning joriy mavsumida bundan köra sermahsul juftlik «Nyukasl»dagi Myorfi va Isak tandemi hisoblanadi (8 gol). Bu ğalabadan keyin Unai Emeri oçkolar soni böyiça «Nyukasl» va «Çelsi»ga yetib oldi. Lekin birminghemliklarning taqvimi qiyinroq, jamoa sönggi turlarni «Tottenhem» va «MYu»ga qarşi ötkazadi. Bu ikki öyinda ğalaba qozonilgan taqdirda, «Villa» turnirning 20 jamoadan iborat formatidagi özi uçun rekord darajada 69 oçko jamğarişi mumkin.
«Çelsi» «Sent-Jyeyms Park» öyingohid qatorasiga törtinçi bor mağlub böldi, öyin avvalboşdanoq Enso Mareska ssenariysi böyiça keçmadi. Tonali tezkor gol urdi, 35-daqiqada esa köklar ozçilik bölib qolişdi. Bu tom ma’noda yöq joydan röy berdi, bu vaziyatda mehmonlar hujumga ötgandi, ammo Jyekson Botmanga tirsak bilan zarba berib yubordi. Avvaliga arbitr unga sariq kartoçka körsatiş bilan kifoyalangandi, ammo VAR uni monitor qarşisiga taklif qildi va kartoçkaning rangi qizilga özgardi.
«Qarğalar» şusiz ham ustunlik qilayotgandi va bu epizod amalda öyindagi intrigaga barham berdi. Bu ğalabadan keyin Eddi Hau uçinçi öringa kötarilib oldi va özining eng şonli davrlaridagi körsatkiçlarni qayd etmoqda. «Nyukasl»da 2002/03 yillar mavsumidan buyon bir çempionat doirasida yigirmatadan ortiq ğalaba bölmagandi, bir turnir doirasidagi ikki öyinda ham «Çelsi» mağlub etilişi — oxirgi marta 38 yil oldin kuzatilgan. YeÇL yöllanmasini kafolatlaş uçun endi «qarğalar» qolgan ikki öyindan birida ğalaba qozonişi kifoya — «Arsenal»ga qarşi safarda yoki uyda «Everton» bilan öyinda.
«Çelsi»ning vaziyati esa oğirlaşdi, endilikda Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi sönggi beşinçi poğonada turgan jamoa eng yaqin ta’qibçisi «Aston Villa»ni faqatgina qöşimça körsatkiçlar böyiça ortda qoldirmoqda. Londonliklar «Nottinghem»ni oldinga ötkazib yuborişi ham mumkin edi, ammo mavsum yakuniga kelib çarçab qolgan «örmonçilar» yakşanba kuni ligani allaqaçon tark etib bölgan «Lester» bilan öyindagi ikki töp farqidan foydalana olmadi (2:2) va endi «Çelsi»dan bir oçko kam töplagan holda yettinçi örinda kelmoqda. Aftidan, barçasi sönggi turda hal böladi, oxirgi turda köklar Nottinghemda mehmon böladi. Lekin undan oldin uyda «MYu» bilan öyinda ham uç oçko oliş kerak böladi.
Bir neça oy oldin bu jamoalar töqnaşuvi titul uçun hal qiluvçi jangga aylangan bölardi, hozir esa şunçaki ikki nomdor jamoaning uçraşuvi bölib qoldi. Allaqaçon çempionlikni rasmiylaştirib bölgan «Liverpul» uçun «Enfild»da yutqazmaslik muhim edi, londonliklar esa hali YeÇL yöllanmasini kafolatlagani yöq, qolaversa, Arteta şogirdlari kuçli oltilik jamoalariga qarşi mağlubiyatsiz seriyani imkon qadar saqlab qolmoqçi.
Öyinning dastlabki qismida mehmonlar katta ustunlikka erişdi, ammo avvaliga standart vaziyat ijro etilganida Saka deyarli yakkama-yakka vaziyatda aniq zarba bera olmadi, biroz ötib londonliklar raqib jarima maydoni içida bosim uyuştirib töpni olib qöyganida Trossar va Parti töpni bir-biriga işonib qoldi va vaziyat yöqqa çiqdi. Şundan keyin mezbonlar öz sözini aytişdi va raqib himoyasidagi xatolardan foydalanib ketişdi. Avvaliga autdan töp uzatilganda Gakpo ildamroq harakat qilib hisobni oçdi, bir daqiqa ötib Diaş goldan hali öziga kelmagan mehmonlarni yana bir jazoladi.
Odatda tanaffusga qadar 2:0 hisobi — Liverpulda qizillarning raqiblari uçun hukm öqilişi böladi. «Enfild»da mezbonlar birinçi bölimdan şunday hisob yuzaga kelgan qatorasiga 36 öyinda ustunlikni boy bermagan. Lekin «kanonirlar» bu an’anani buzişdi. Avvaliga Gabriel Martinelli tanaffusdan keyinoq hisobni qisqartirdi — u Angliyada eng köp golini (12 öyinda 6 gol va 2 assist) aynan «Liverpul» darvozasiga urgan. Keyin esa Merino töpurarlik salohiyatini yana bir bor namoyiş etdi. Bu vaziyatda asosiy işni jamoa sardori Edegor bajardi, uning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasini Alisson amallab tösinga yönaltirdi, ammo maydonga qaytgan töpini ispaniyalik futbolçi boşda darvoza töriga kiritib yubordi.
Lekin Merino öyinni oxirigaça yetkazib qöyolmadi va ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni qolganlardan ertaroq tark etdi. Şundan keyin mehmonlar bor e’tiborini hisobni uşlab qolişga qaratdi va buni uddaladi. Darvozabon Rayya esa öyinga qöşib berilgan daqiqalarda van Deykning boş bilan yöllagan xavfli zarbasini qaytarib qolib, bunga katta hissa qöşdi. Londonliklar «Liverpul»ga 1136 kundan buyon yutqazmayapti.
Madriddagi öyin Syorlotning benefisiga aylanib ketdi. Norvegiyalik futbolçi raqib jarima maydoni hududida tepgan töp golga aylanaverdi va u öz tezkorligi bilan ispaniyalik statistikaçilarni mehnat qilişga majbur etdi. Skandinaviyalik öz het-trigi uçun 3 daqiqayu 57 soniya sarfladi, bu esa la ligada sönggi öttiz yillikdagi eng yaxşi körsatkiçdir. 1995 yilda maşhur braziliyalik Bebeto ham şunday ritmda ketma-ket uçta gol urgandi. Öyinning dastlabki yarim soati içida qayd etilgan poker esa — Ispaniya çempionati tarixidagi ikkinçi şunday holatdir. Birinçisi uzoq 1941 yilda — «Valensiya» futbolçisi Mundo ijrosida qayd etilgan. Ajablanarlisi, öşanda ham jabrlanuvçi jamoa «Real Sosiyedad» bölgan.
Klasiko kuni Ispaniyada yana ikki muhim öyin bölib ötdi, Bilbao va Sevilyaning yaşil-oq qismi YeÇL yöllanmasi uçun muhim öyinlarini ötkazdi. Yaqin vaqtlargaça törtinçi örinni heç kimga bermaydigandek köringan «Atletik» sönggi vaqtlarda sustlaşgan va ta’qibçilarini öziga ança yaqinlaştirib yuborgandi va şanba kuni «Vilyarreal» «Jirona»ga sönggi daqiqalarda ğalaba golini urib (1:0), oçkolar soni böyiça basklarga yetib oldi. Yakşanba kungi öyinda esa Ernesto Valverde bir amallab «Alaves»ni taslim etdi, mezbonlar uçun hal qiluvçi avtogol Sansetning sa’y-harakatlaridan keyin urildi. Uşbu futbolçi mavsum yakuniga qadar safdan çiqqani aytilgandi, ammo Yevropa ligasida «MYu»ga qarşi öyinlarda yöqligi sezilgan «Atletik» yetakçisi bu öyinda zaxiradan maydonga tuşdi va amalda öyinni hal qildi.
Bu ğalabadan keyin «Atletik» yana beşinçi örindan uç oçkolik farqni yuzaga keltirdi, turning oxirgi öyini natijasi esa turnir jadvalidagi vaziyatni bilbaoliklar uçun maksimal darajada qulaylaştirdi. Ikki frontda kuraş olib borib, toliqib qolgan «Betis» «Osasuna»ga qarşi öyinda ğalabali hisobni qöldan boy berdi. Endi bu jamoa qolgan uç turda törtinçi örin bilan olti oçkolik farqni yöqqa çiqarişi amrimahol. Beşinçi örindagi «Vilyarreal» ham uç oçkolik farq bilan ilgarilab ketgan va bu ustunlikni berib qöyişi dargumon. Manuel Pellegrini jamoasi uçun yilning asosiy öyini endi Konferensiyalar ligasi finalida «Çelsi»ga qarşi keçadigan öyin böladi.
Italiya: «Roma» uçun sovğa va «Jyenoa»dan syurpriz
Juma kuni «Bolonya» «Milan»dan mağlub bölgaç (1:3), Rimdagi öyinning ahamiyati yanada oşib ketdi. Öyin avvaliga «Yuventus» ssenariysi böyiça keçib, Kolo Muani hisobni oçdi. Mandas fransuzning boşda yöllagan zarbasiga yetişga ulgurdi, ammo töp baribir uning qölidan sirğalib, törga borib tuşdi. Köp ötmay Kalulu maydondan çetlatildi va «keksa sinioralar» murakkab ahvolda qoldi. Turinliklar bir kişi kam holatda yarim soat çidab turişdi, ammo qöşib berilgan daqiqalarning oltinçisi ötayotganida Di Gregorioning aql bovar qilmas seyvidan keyin töp baribir Vesinoning oyoğiga borib tuşdi. Urugvaylik futbolçi — bu mavsumda ligada 90-daqiqadan keyin ikki bor gol urgan yagona yarimhimoyaçiga aylandi. Paradoks şundaki, uning ikkinçi goli köproq Rimning sariq-qizil qismidagi muxlislarni xursand qiladi. Agar «Roma» duşanba kuni Bergamoda «Atalanta»ni yenga olsa, Klaudio Raniyeri jamoasi törtinçi öringa kötariladi.
Ötgan turdagidan farqli ravişda bu safar skudetto uçun poygada «Inter» birinçi bölib öz öyinini öyinini ötkazdi, «Barselona»ga qarşi YeÇL yarimfinalidagi epik jangdan keyin neradzurrilar ikkinçi tarkibni tuşirdi. Ammo şuning özi yetarli bölib çiqdi, milanliklar safida ijara asosida öynayotgan va jamoa transferini «Roma»dan sotib olmoqçi bölayotgan Zalevski esa ajoyib aylanma zarbasi bilan hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida Torimiy ham şedevr gol urişi mumkin edi, ammo uning qayçi uslubida yöllagan zarbasini Vani Milinkoviç-Saviç yöqqa çiqardi.
Lekin eronlik forvard köp ötmay serbiyalik posbondan revanş olib, uni jarima maydoni içida öziga nisbatan qöpollik qilişga majbur etdi, belgilangan penaltini esa Aslani aniq ijro etdi. Simone Indzagi A seriyada ikki xil jamoa bilan yuzta ğalabaga erişgan murabbiyga aylandi — «Latsio» (108) va «Inter» (100). Turnir tarixida bunday körsatkiç faqat afsonaviy Nils Lidholm tomonidan qayd etilgan, u Rim va Milanning boşqa jamoalari bilan yuzdan oşiq ğalabalarga erişgan — «Roma» (135) va «Milan» (102).
Neapoldagi öyin boşlanguniça «Inter» Antonio Konte jamoasiga yetib oldi. Barçasi neapolitanliklarning öz qölida edi, turnir jadvalining ön uçinçi poğonasida joylaşgan raqib jamoada heç qanday motivatsiya ham yöq edi, ammo «Jyenoa» skudetto uçun intriga qizişi uçun barça işni qildi. Öyinning 13-daqiqasidayoq «Napoli» uçun muhim futbolçi bölgan Lobotka jarohat olib safdan çiqişi jamoa uçun ogohlik qönğiroği bölgandi.
Biroz ötib Maktominayning ajoyib pasidan keyin Lukaku hisobni oçdi va barçasi joyiga tuşgandek böldi. Ammo mutlaqo kutilmaganda mehmonlar taşabbusni qölga olişdi. Raqiblar ketma-ket vaziyatlarga ega bölişdi, Pinamontining zarbasidan keyin töp tösinga bordi. «Grifonlar»ning 17 yoşli himoyaçisi Axonor hujumga ötganida esa hisob tenglaşdi, uning zarbasidan keyin Meret yaqin burçakka kelgan töpni uşlab qololmadi.
Ikkinçi bölimda Makotminayning yana bir golli pasidan keyin Raspadori mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo bu gol ğalaba goli bölib qolmadi, mehmonlarning boşqa bir himoyaçisi Vaskes öyin oxirlariga borib yana hisobni tenglaştirdi. «Napoli» hamon peşqadam, ammo endi ta’qibçi bilan oradagi farq atigi oçkoni taşkil etmoqda. Oldinda — favoritlar uçun boş oğriq böla oladigan «Parma»ga qarşi safar öyini kutmoqda. «Inter» ham bir haftadan keyin «Latsio»ga qarşi öta qiyin öyin ötkazadi.
Şanba kuni Myunxenda kumuş tovoq topşiriş va Tomas Myullerni kuzatiş marosimi ötkazildi. Fanatlar tajribali forvardning faoliyatidagi asosiy lahzalar muhrlangan ajoyib performans tayyorlaşdi va unga «Bavariya» tizimida ötkazilgan 25 yil uçun minnatdorçilik bildirişdi. Klub Myullerga uning barça sovrinlari aks etgan ulkan fotoni sovğa qildi, uning maydonga tuşişi esa Germaniya tarixidagi eng yaxşi jamoa safidagi 750-uçraşuvga aylandi. Keça qahramoni maydonni 84-daqiqada olqişlar ostida tark etdi. Bu vaqtga kelib mezbonlar faqat bitta gol urişgandi — Olisening öz uslubidagi zarbasidan keyin töp Keynning boşiga tekkan holda darvoza töriga borib tuşgandi. Fransuz futbolçisining özi ham sönggi daqiqalarda Sanening pasidan keyin gol urib, öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Leverkuzen ham Habi Alonso bilan xayrlaşdi. Uşbu mutaxassis «Bayyer»ga klub tarixidagi ilk çempionlik titulini taqdim etdi, endi esa «Real» boşqaruviga yöl oladi. Ammo «Borussiya» mezbonlarning köngliga qarab ötira olmasdi, dortmundliklarga Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraşda har bir oçko suv va havodek zarur. Niko Kovaç jamoasi hozirça beşinçi örinda va törtinçi örindagi «Frayburg»dan bir oçkoga ortda qolmoqda. Ammo bu vaziyatda bir nyuans bor. «Asalarilar» raqobatçisi yakuniy turni «Ayntraxt»ga qarşi ötkazadi, frankfurtliklar yakşanba kuni uçinçi örinni kafolatlab qöyişi mumkin edi, ammo «Sankt-Pauli» bilan durang öynadi (2:2).
Endi keyingi şanba kuni durang ham qoniqtiradigan «burgutlar»da motivatsiya darajasi oşib ketdi. Çunki ular sönggi turda «Frayburg»ga yutqazib qöysa, uçinçi örindan beşinçi öringa qulaşi mumkin, «Borussiya» esa ligani allaqaçon ark etib bölgan «Holştayn»ni imkon qadar yirik hisobda mağlub etişi kerak böladi. Oçkolar teng kelgan holatda birinçi navbatda töplar nisbatiga qaraladi. Hozirda «Ayntraxt»da bu roppa-rosa «plyus 20». Dortmundda — «plyus 17». Brandt, Adeyyemi va Girassi kabi futbolçilar yuqori sport formasida bölgan şaroitda buni uddalaş qiyin emas. Gvineyalik hujumçi bundesligadagi sönggi 100 öyinida 63 gol urişga muvaffaq bölgan. Bu rekordçi Roy Makaynikidan atigi bitta kam. Şunday ekan, sariq-qoralarda YeÇL yöllanmasi uçun imkoniyat yomon emas. Muhimi — jamoaning özi xato qilmasligi.