Hukumat qarori bilan taşkillaştirilgan tarzda çet elga işga yuborilgan va borgan davlatining qonunçiligini buzişi oqibatida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytariş va bu bilan boğliq xarajatlarni undiriş tartibi joriy etildi.
Qarorga köra, çet elda mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida xorijiy davlat qonunçiligini buzişi oqibatida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir çoralari qöllanadi:
- deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamğarmasi hisobidan qaytarilganda, qaytariş xarajatlarini fuqarodan undirib olinadi;
- Migratsiya jamğarmasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalari qaytarib undiriladi;
- 1 yilgaça muddat davomida rivojlangan davlatlarga taşkillaştirilgan tarzda işga yuboriş böyiça xizmatlar körsatilmaydi.
Deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:
- ularning Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;
- ular va yaqin qarindoşlarining Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;
- xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar böyiça ma’lumotlar.
Deportatsiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini moliyalaştiriş orqali qaytariladi.
Fuqaroning moliyaviy yordam körsatiş töğrisidagi arizasi ijobiy körib çiqilganidan söng 1 iş kunida Migratsiya agentligi va fuqaro örtasida qarz şartnomasi tuziladi. Şartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan şaxs uşbu mablağlarning örnini 30 kun muddatda qoplaşi lozim.









