Bugungi kunda öğrilar oldingizga kelib çöntagingizga qöl solmaydi, balki sizning hisobingizdagi pullarga köz olaytirmoqda. Uşbu videoda firibgarlar telefonga «kirib oliş» uçun eng köp qöllaydigan usul – zararli APK fayllar, undan saqlaniş yöllari hamda firibgarlikka duçor bölganda nima qiliş kerakligini tuşuntirib beramiz.
Maqsadi öğrilik bölgan bu firibgarlikka asosan yoşi kattalar, telefonga keladigan har xil fayllarning formati bilan taniş bölmaganlar aldanib qolmoqda. Afsuski, bunday holatlar kamaymayapti.
Bu firibgarlikning eng keng tarqalgan turi – «ölja»ning smartfoniga zararli APK formatidagi dasturga öxşaş fayl yuboriladi. Bu orqali uning telefonidagi SMSlar, plastik karta ulangan dasturlar boşqaruvi qölga olinadi hamda pullarni öz hisob raqamiga ötkazadi.
Uşbu videoda firibgarlar sizning telefoningizga «kirib oliş» uçun eng köp qöllaydigan usullar, undan saqlaniş yöllari hamda firibgarlikka duçor bölganda nima qiliş kerakligini tuşuntirib beramiz.
Xöş, firibgarlarning nayranglaridan qanday himoyalansak böladi?
- Avvalo tabiiyki bunday şubhali faylni oçmaslik lozim;
- Agarda ilovani oçib örnatişga ulgurgan bölsangiz zudlik bilan ilovani va telegram akkauntingizni (zaruratga qarab) öçirib yuboriş lozim. Çunki sizning akkauntingizdan boşqalarga avtomatik ravişda virusli fayl yuborilgan bölişi ehtimoli yuqori;
- Keyingi örinda sizga bunday faylni yuborgan tanişingizga telefon qönğiroği orqali aloqaga çiqib, uni boxabar qiling.
- Eng asosiysi, tölov dasturlari (Payme, Click, Paynet yoki boşqa bank ilovalari) sozlamalariga kirib u yerdagi qurilmalar bölimidan begona qurilmalarni çiqarib yuboring;
- Plastik kartangizga ulangan telefon raqamingizni özgartirişni ham unutmang, bu işni bankomatlar orqali amalga oşiriş mumkin.
Agar kartadagi pullar birin-ketin yeçilib borayotgan bölsayu, siz şoşilinç paytda nima qilişni bilmay qolsangiz: birinçi bölib plastik kartangizning bankiga qönğiroq qilib, kartangizni blokka soldirib turing. Bu firibgarlarning işini muzlatib qöyadi. Şundan keyin yuqoridagi çoralarga ötsangiz böladi.
Yana bir muhim eslatma, bu turdagi firibgarlik faqatgina APK fayli körinişida kelmaydi, balki şubhali havola (ssilka) körinişida ham kelişi mumkin. Misol, biror rasmiy saytning körinişiga öxşatib yasalgan sayt böladi, uning URL manzili ham juda originaliga yaqin böladi. U yerga adaşib yoki tuşunmay tölov qiliş uçun kirsangiz, firibgarlar SMS kod orqali sizning bank kartangizga «dostup» oladi.








