YeI taşqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas nomidan uning vakili Şarl Friz 12 may, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi-Ukraina mudofaa forumida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qurol va öq-dorilar xarid qiliş uçun ikki hafta içida yana 900 million yevro ajratişini bildirdi.

Bular Kallas 9 may kuni Lvivda e’lon qilgan va ukrainalik qurol işlab çiqaruvçilar bilan şartnomalar imzolangan 1 milliard yevrodan taşqari qöşimça mablağlar, dedi Friz.

Ikkala tranş ham Kiyevga Yevropa Ittifoqi hududida muzlatilgan Rossiya aktivlari böyiça foiz evaziga beriladi. Matbuot kotibining sözlariga köra, yuqorida qayd etilgan miqdorni hisobga olgan holda, YeI Ukraina mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaş uçun allaqaçon 3,3 milliard yevro ajratgan va şu tariqa Ukraina mudofaa sanoatidagi eng yirik notijorat xorijiy investorga aylandi.

«Biz qila oladigan eng muhim va aniq işlardan biri bu Ukraina mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaş va kelajakda foyda keltiriş uçun sanoatlarimiz örtasida çuqur aloqalar örnatilişini ta’minlaşdir», dedi Yevropa Ittifoqi taşqi siyosati rasmiysi.