Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT: Ğazoda issiq ovqat tarqatiş miqdori 70 foizga kamaydi
Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşişda davom etmoqda. Aholiga tarqatilayotgan issiq tuşlik ötgan haftaga nisbatan 70 foizga kamaydi.
BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik brifingda aytganidek, işlayotgan oşxonalar resurslar yetişmasligi sababli oziq-ovqat tayyorlaş imkonini yöqotmoqda.
Agar ilgari kuniga qariyb 840 ming porsiya tarqatilgan bölsa, hozir bu atigi 260 mingni taşkil etadi, deya ta’kidladi taşkilot vakili va insonparvarlik yordami faqatgina oziq-ovqatdan iborat emasligini qöşimça qildi. «Odamlarga suv, sanitariya, tibbiyot, ta’lim va himoya kerak», dedi Dyujarrik.
Uning sözlariga köra, şifoxonalar va suv ta’minoti obektlarida yonilği zaxiralari kamaymoqda. «Ğazodagi tibbiyot tizimi tanazzul yoqasida. Kasalxonalar yaradorlar bilan tölib-toşgan, dori-darmon, asbob-uskunalar, qon va xodimlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda», — dedi BMT vakili.
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQŞ prezidenti Donald Trampni Ar-Riyodda valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon şaxsan kutib oldi va prezident limuzinini arab otlari qöriqlab bordi. Bu marosim 2022 yilgi sobiq prezident Jo Baydenga nisbatan ança iliq edi. Bayden öşanda neft narxini tuşiriş ilinjida kelgan, biroq Muhammad bin Salmon bilan faqat muşt urişib salomlaşgan edi.
Safarning birinçi kunida Donald Tramp Muhammad Bin Salmon bilan Saudiya Arabistonining AQŞga 600 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritişi böyiça kelişuvni imzoladi. Bu majburiyat AQŞdan turli xizmat va tovarlarni sotib oliş, energetika xavfsizligi, sun’iy intellekt, mudofaa sanoati, global infratuzilma va muhim foydali qazilmalar sohalariga milliardlab dollarlik investitsiyalar kiritiş körinişida böladi.
Xususan,Saudiya Arabistoni AQŞ mudofaa sanoati kompaniyalaridan 142 milliardlik qurol-yaroğ va texnikalar oladi. Saudiya valiahd şahzodasi umumiy investitsiyalar hajmi kelajakda 1 trillion dollarga yetişini aytdi.
Tramp Saudiya Arabistonini «AQŞning eng kuçli şerigi» deb atadi va ikki davlat örtasidagi munosabatlarni «har qaçongidan kuçliroq» deb ta’rifladi. «Biz işni boşlaganimizdan beri AQŞga boylik oqib kelmoqda», degan Tramp investitsiya forumida.








