«Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi iştirokidagi «Özbekistonning sutçilik sohasida qöşilgan qiymat zanjirini rivojlantiriş (2-bosqiç)» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, loyihaning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetiştiruvçi 12 mingta aholi va dehqon xöjaligiga xizmat körsatuvçi 100 ta sut yiğiş punktini taşkil etiş;

- 865 nafar aholi va dehqon xöjaligiga sutni qayta işlovçi korxonalarni taşkil etiş va modernizatsiya qilişga 250 ming AQŞ dollarigaça imtiyozli kreditlar ajratişni taşkil etiş;

- sut yetiştiruvçi va sotib oluvçilarni birlaştiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini işga tuşiriş.

Loyihani amalga oşiriş davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.