Fransiya Ukraina armiyasini mustahkamlaşga sarmoya kiritişda davom etadi, bu Kiyev uçun Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik şartnomasi imzolangandan keyin «xavfsizlikning birinçi kafolati»ga aylanişi kerak. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron TF1 telekanali orqali 13 may, seşanba kuni keçqurun ma’lum qildi.

Şu bilan birga, «Ukraina NATOga qöşilmagani uçun biz (Fransiya) qöşma amaliyotlar doirasida qöşimça xavfsizlikni front çiziğidan uzoqda ta’minlaş uçun (tinçlikparvar) qöşinlarni joylaştirişni taklif qilamiz», — deya qöşimça qildi Makron. Uning sözlariga köra, Fransiya va uning ittifoqçilarining bunday qadami ularga «birdamlikni (Ukraina bilan) namoyiş etiş va Rossiyani yangi hujumdan işonçli tarzda qaytariş» imkonini beradi.

Ayni paytda, Ğarb Ukrainaga yordam berar ekan, «uçinçi jahon uruşini» qözğatmaydigan tarzda harakat qilişi kerak», deb ta’kidladi Makron.