Makron Rossiyaga qarşi allaqaçon «bir neça önlab» sanksiyalar paketi joriy qilinganini ta’kidlab, «AQŞ bilan kelişilgan holda, yaqin kunlarda Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllamoqçimiz», dedi.
Şu bilan birga, u muzlatilgan Rossiya aktivlarining xatlovga olinişiga qarşi çiqdi va buning uçun heç qanday «huquqiy baza» yöqligini ta’kidladi.
Rossiya va Ukraina örtasida 15 may kuni Istanbulda bölib ötadigan muzokaralarni şarhlar ekan, u «Ukrainada xavfsizligimiz örtaga tikilgan. Biz quruqlikda, dengizda va havoda 30 kun davomida öt oçişni töxtatişni istaymiz», deb ta’kidladi.
Makronning sözlariga köra, ukrainaliklar Rossiya nazorati ostidagi barça hududlarni qaytarib ololmasligini «aniq tuşunişadi», biroq «janglar tugaşi va Ukraina muzokaralarni boşlaş uçun eng yaxşi holatda bölişi kerak», bu esa «hududiy masalalarni hal qilişga imkon beradi».
Ukrainadagi öt oçişni töxtatişga töxtalib, Makron «buziliş bor yoki yöqligini, qayerda va qaysi tomondan ekanligini aniqlaş» uçun unga rioya qilinişi AQŞ va Yevropa tomonidan, xususan, sun’iy yöldoşlar orqali kuzatilişini aytdi.










