Makmahonning muhokamali xati va Harvardning javobi

AQŞda yangi ma’muriyat kelişi bilan mamlakatda oliy ta’lim muassasalarini moliyalaştirilmaslik böyiça kampaniya boşlandi. Xuddi şu vaziyat ayni vaqtda dunyoga maşhur Harvard universiteti bilan ham yuz beryapti.

6 may kuni AQŞ ta’lim vaziri Linda Makmahon Harvardga xat yölladi. Hukumat vakili buni özining X (sobiq Twitter)dagi sahifasida e’lon qildi. Unda Harvardning yirik moliyaviy jamğarmasiga qaramay, federal grantlarni olib kelayotgani, ammo özining qonuniy va axloqiy majburiyatlariga amal qilmayotgani ta’kidlanadi.

“Harvard universiteti 53,2 milliard dollarlik jamğarmaga ega bölişiga qaramay (bu körsatkiç 100 ta mamlakatning yalpi içki mahsulotidan kattaroq) deyarli soliqdan ozod qilingan, har yili soliq tölovçilarning milliardlab dollar mablağini oladi. Bu mablağlarni oliş huquq emas, balki imtiyozdir. Şunga qaramay, Harvard pullarni talabalar ta’limini rivojlantirişga sarflaş örniga federal qonunlarni muntazam ravişda buzib kelmoqda”, – deyiladi xatda.

Şuningdek, xatda universitetning xorijlik talabalar bilan boğliq muammolari, plagiat mojarolari, akademik standartlardan çekinişi va irqiy kamsitiş siyosatini davom ettirayotgani haqida gap ketadi. Şu sababli hukumat Harvardga endi yangi federal grantlar ajratilmasligini ma’lum qilgan.

“Yuqoridagi va boşqa taşvişli da’volardan kelib çiqib, sizga şuni ma’lum qilamizki, Harvard endi federal hukumatdan grant talab qila olmaydi, çunki grantlar ajratilmaydi. Harvard bundan buyon davlat mablağlari bilan emas, balki özining ulkan jamğarmasi va badavlat bitiruvçilari hisobiga faoliyat yuritadi”, – deya qayd etilgan hujjatda.

Harvard ma’muriyati Makmahonning xati e’lon qilinganidan 3 soat ötib özining rasmiy saytiga “Yangi moliyaviy qörquvlar” sarlavhasi bilan munosabatini joylagan:

“Bugun biz ma’muriyatdan yana bir xat oldik. Unda Harvard universiteti ustidan misli körilmagan va noörin nazorat örnatişga urinişlar yana bir bor takrorlanmoqda. Bu talablar oliy ta’lim uçun salbiy oqibatlarni olib kelişi mumkin. Bugungi xatda, şuningdek, 21 aprel kuni Harvard sudga da’vo arizasini topşirgani uçun tadqiqot va innovatsiyalarga ajratiladigan mablağlarni noqonuniy tarzda töxtatiş tahdidi yangidan ilgari surilgan.