Hujjat "Kambağallikdan farovonlik sari" dasturiga muvofiq qabul qilingan va quyidagilarga qaratilgan:
- nogironligi bölgan şaxslarning bandligini ta’minlaşga kömaklaşgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun moliyaviy rağbatlantiriş tizimini yaratiş;
- nogironligi bölgan şaxslarning samarali faoliyat körsatişi uçun maxsus xizmatlar tizimini joriy etiş;
- nogironligi bölgan şaxslar tomonidan işlab çiqarilgan tovarlarni bozorga çiqariş va realizatsiya qilişga kömaklaşiş;
- nogironligi bölgan yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş va ularning mehnat bozoriga kirişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş;
- 2025 yil oxirigaça 80 ming nafar nogironligi bölgan şaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topişini ta’minlaş.
Hujjat bilan şunday tartib örnatiladiki, unga köra tikuv-trikotaj, poyabzal va çarm-attorlik sanoati yönalişlarida işlab çiqariş faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambağal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar işga qabul qilinganda ham qöllanadi.
Şu bilan birga I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan va ularga MHTEKM miqdoridan kam bölmagan miqdorda iş haqi tölaydigan nodavlat yuridik şaxslarga uşbu şaxslar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan boşlab nogironligi bölgan şaxslarga qonunçilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv şaklda qöllanadi.
Şuningdek, 2025 yil 1 iyundan boşlab I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln sömgaça subsidiya ajratilişi belgilandi. Bunda:
- subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini taşkil qiliş xarajatlarini qoplaş uçun ajratiladi;
- jismoniy şaxslarga hamrohlik xizmatini özini özi band qilgan şaxs sifatida körsatişga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida, 2026 yil 1 yanvardan boşlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan yoki işga joylaşişiga kömaklaşgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi talablarga bir vaqtda javob beradigan mehnat şaroitlari asosida 500 million sömgaça subsidiya ajratiş yölga qöyiladi:









