Rossiya hukumati migrant bolalarning rus tili imtihonida qatnaşiş uçun yuborgan arizalari aksariyatini rad etdi, deb xabar berdi Rosobrnadzor 13 may kuni.

Rus maktablariga kiriş va öqişni davom ettirişni rejalaştirayotgan voyaga yetmagan çet el fuqarolari uçun rus tilini biliş darajasini aniqlaş testi 2025 yil 1 apreldan boşlab joriy qilingan edi.

«Test sinovlari boşlanişida 1762 ta ariza topşirilgan. Ularning 81 foizi rad etilgan. Rad etiş sabablariga hujjatlar töplamining töliq bölmaganligi, ta’lim muassasalarida örin yöqligi va taqdim etilgan hujjatlardagi notöğri ma’lumotlar kiradi», deyiladi xabarda.

Rosobrnadzor xabariga köra, 335 nafar bolaga test sinovida iştirok etişga ruxsat berilgan, şundan 44 nafari test topşirgan va 27 nafari yoki 61 foizi topşiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan.

Qayd etilişiça, test sinovlari variantlari 1-sinfdan 11-sinfgaça umumta’lim maktabining har bir sinfidagi ta’lim darajasini hisobga olgan holda işlab çiqiladi.

1-sinfga kiriş uçun nutq, tinglaş va tuşuniş qobiliyatlari, şuningdek, leksik va grammatik bilimlar talab qilinadi; 1-sinfda test sinovlari faqat oğzaki tarzda ötkaziladi.

2-sinfdan boşlab diagnostika işlari öqiş va yoziş könikmalarini tekşiriş böyiça topşiriqlar bilan töldiriladi; şunga köra, test oğzaki va yozma şaklda amalga oşiriladi.

«Barça topşiriqlar çet el fuqarosining tegişli sinfning ta’lim dasturlari doirasida rus tilida ta’lim oliş qobiliyatini baholaşga qaratilgan», deyiladi xabarda.

Rossiyada 2024 yilda «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktdan söng, migrantlarga qarşi çeklovlar kuçaytirildi. Jumladan, nikoh orqali yaşaş ruxsatnomasini oliş çeklovlari, deportatsiya qilişning yangi qoidalari, norezidentlarning 10 dan ortiq SIM-karta olişini taqiqlaş, rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilişga çeklovlar joriy qilindi.