Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Jinoyat kodeksidan ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uçun javobgarlikka tortişni nazarda tutuvçi bandni olib taşlaşga oid qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilişiça, imzolangan qonun «ijtimoiy tarmoqlarda «layk» yoki boşqa emojilar uçun jinoiy javobgarlikni bekor qiladi».

«Radio Ozodi»ning qayd etişiça, tuzatişlar Jinoyat kodeksining terrorizmga ommaviy çaqiriqlar va internetda terrorizmni oqlaganlik uçun jazo belgilaşni nazarda tutuvçi ikki moddasiga tegişli. 2018 yildan beri mamlakat fuqarolari eng minimal faollik, jumladan, «layk» va «repost»lar uçun ham javobgarlikka tortib kelinmoqda — bu 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etişga olib kelişi mumkin.

«Layk»lar uçun jazoni bekor qiliş taşabbusi Imomali Rahmonning özidan çiqqan. 2024 yil bahorda u huquq-tartibot organlarini uşbu normalardan haddan ortiq keng foydalanayotgani uçun tanqid qilgandi. Rahmon mazkur «amaliyotga nuqta qöyişga» çaqirgan, çunki odamlarni «internetda faolligi uçun jazolab bölmaydi».

Tojikiston prokuraturasi ma’lumotlariga köra, mamlakatda 1,5 mingdan ortiq odam ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan izohlari va munosabatlari uçun jazo ötamoqda.