Arab şayxlari AQŞga yuzlab milliard dollar investitsiya kiritiş va’dalari bilan, bitim tuzganini aytib maqtanişni xuş köruvçi Trampni avrayotgandek körinmoqda. Qatar amiri hatto haşamatli samolyot ham sovğa qilyapti. Şunday vaziyatda, AQŞga bir sent ham bermay, aksinça faqat pul söraydigan Isroil rahbariyati taşqi yordamlar masalasida xasis Trampning köziga balodek körinayotgan bölsa ajab emas.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ikkinçi muddatida ham özining ilk davlat taşriflarini Saudiya Arabistonidan boşladi. U yaqinda Rimga borgandi, lekin bu Italiyaga davlat taşrifi emasdi: Rim Papasining dafn marosimida qatnaşiş uçun borgandi.

Tramp keça va bugun Ar-Riyodda bölib turibdi. Saudiyadan keyin, Birlaşgan Arab Amirliklari va Qatarda ham böladi. 2017 yildan farqli ravişda, bu gal Isroilga bormaydi.

Saudiya Arabistoni va AQŞ munosabatlari keyingi yillarda ança sovuqlaşdi. Sovuq uruş davrida, ya’ni 1991 yilda SSSR qulaguniga qadar, Saudiya va boşqa arab monarxiyalari AQŞning geosiyosiy jamoasida edi. Lekin keyingi yillarda, ayniqsa 2001 yil 11 sentabrdan keyin, Saudiya Arabistoni AQŞdan masofa saqlay boşlayapti, özaro işonç pasaygan. Çunki öşa 11 sentabrdan keyin AQŞ va Isroil Yaqin Şarq mintaqasini yangidan formatlay boşlagan edi. Şu sabab ham bu mintaqada köplab uruşlar böldi, mintaqa davlatlari muttasil Ğarb bosimi ostida qoldi, mintaqa beqarorlaşdi.

Nega Saudiya-AQŞ munosabatlari keyingi davrda ança sovuqlaşdi? Buning sabablari bir qança. Ayniqsa, sobiq prezident Bayden davrida Saudiya va AQŞning özaro hamkorligi va işonçi jiddiy pasaydi.

Birinçidan, 2018 yilda saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoşiqçining Istanbuldagi Saudiya konsulligida öldirilişi prezident Bayden tomonidan Saudiyaga qarşi salbiy bayonotlar berilişiga sababçi böldi.

Ikkinçidan, Saudiya özining taşqi siyosatini, geosiyosatini diversifikatsiya qilyapti. Bir vaqtlar faqat AQŞga oriyentir olgan bölsa, bugun Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya Federatsiyasi bilan ham munosabatlarni ança ijobiylaştirgan.

Uçinçidan, Saudiya endi Eronni özi uçun eng xavfli duşman deb bilmaydi. Bir vaqtlar Saudiya Eronni özi uçun katta tahdid va duşman deb bilar edi, va şu sabab öz xavfsizligini ta’minlaş uçun AQŞga yaqin turardi. Biroq Saudiya va Eron 2023 yil martida Pekinda yaraşgani ortidan, Yaqin Şarqdagi vaziyat özgardi. Saudiya hali ham Eronga u qadar işonmaydi, rasmiy Tehronning xatti-xarakatlarini jiddiy kuzatib turadi, lekin Eronni özi uçun katta duşman deb bilmaydi. Va bu bilan Saudiyaning AQŞga bölgan ehtiyoji ança pasayadi.