Buyuk Britaniya va Germaniya uzoq masofaga möljallangan yangi qurol yaratiş ustida hamkorlikda iş olib borişini ma’lum qildi. Uşbu qurol 2 ming kilometrdan uzoq masofada joylaşgan nişonlarni yakson etişga möljallangan.

Loyiha Buyuk Britaniya va Germaniya örtasida 2024 yilda qabul qilingan mudofaa kelişuviga asoslangan. Britaniya hukumatiga köra, yangi qurol «mamlakatda şu paytga qadar yaratilgan eng ilğor tizimlardan biriga» aylanadi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili hamda uning germaniyalik hamkasbi Boris Pistorius yangi loyiha haqida Berlinda ötkaziladigan uçraşuvda e’lon qiladi.

Britaniya hukumati loyihani işga tuşiriş muddati va budjetiga oid tafsilotlarni oşkor etmagan.

The Times gazetasi 2024 yilda Buyuk Britaniya 3,2 ming kilometr masofaga uçib, Rossiya hududidan uçiriladigan taktik yadroviy qurollarni yöq qilişga qodir raketalarni yaratiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida yozgandi. Naşr ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya qurolni yaratiş ustida Germaniya bilan birgalikda işlaşni rejalaştirgan.