Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda Yevro-5 standartiga javob beradigan, 7 o‘rindiqli yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytgandi. «O‘zavtosanoat» matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda potensial avtomobil modellari o‘rganilyapti.

Foto: Kun.uz
UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
«Damas va Labo modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatish ayni paytda ko‘rib chiqilmayapti. Mahsulotlar qatorida o‘zgarishlar bo‘lsa, rasmiy sahifalarimizda oldindan xabar beramiz», - deyiladi kompaniya izohida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Damas ishlab chiqarish 1996 yilning mart oyidan boshlangan. 2006 yildan avtomobilning yangilangan versiyasi taqdim etildi. 2014 yildan esa ishlab chiqarish Andijondan Xorazm viloyatiga ko‘chirildi. Mamlakatda 2023 yilda 89,1 ming dona, 2024 yilda esa 101,9 ming dona Damas ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Tuproqqal’adagi Damas va Labo zavodida 100 mln dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytgandi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob berishi va 7 o‘rindiqqa ega bo‘lishi qo‘shimcha qilingandi.
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Srumko‘duye N400 yoki Wuling avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati mazkur mish-mishlarga ham aniqlik kiritdi.
«Yangi model iste’molchilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha potensial avtomobil modellari o‘rganilyapti», deyiladi kompaniya izohida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

17:58 / 03.06.2025