The New York Times (NYT) 13 may, seşanba kuni eronlik manbalarga tayanib yozişiça, Eron Vaşingtonning Tehron yadroviy dasturini çeklaş talabiga muqobil ravişda arab davlatlari va AQŞ sarmoyasi hisobiga uranni boyitiş böyiça qöşma korxona taşkil etişni taklif qildi.
NYT manbalari tuşuntirganidek, taklif konsorsium yaratişni öz içiga oladi, uning doirasida Eron uranni qurol darajasidan past darajada boyitadi va uni arab mamlakatlariga fuqarolik maqsadlarida foydalaniş uçun yuboradi.
Eronga uranni 3,67 foizgaça boyitiş imkonini beruvçi kelişuv 2015 yilgi yadroviy kelişuvga öxşaş böladi, biroq asosiy farq qöşimça nazorat uçun joylarda boşqa mamlakatlar vakillarining iştirok etişidir, deb yozadi NYT. Eron rasmiylarining ta’kidlaşiça, 15 yilga möljallangan oldingi kelişuvdan farqli ölaroq, qöşma korxona rejasi oçiq böladi.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aragçi 11 may kuni Ummonda bölib ötgan muzokaralar çoğida Trampning Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoffga bu ğoyani aytdi, deb xabar berdi Erondagi tört manba NYT'ga. Uitkoffning matbuot kotibi Eddi Vaskesning aytişiça, bu «haqiqatga töğri kelmaydi». Uning sözlariga köra, bu taklif «heç qaçon birinçi öringa çiqmagan va muhokama qilinmagan».









