Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ğazoda şifoxonaga zarba: kamida 28 kişi halok böldi

Isroilning Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida joylaşgan Yevropa kasalxonasiga uyuştirgan havo hujumi oqibatida kamida 28 kişi halok böldi va önlab odamlar yaralandi. Bu haqda Hamas nazoratidagi Fuqarolik mudofaasi agentligi xabar berdi.

Mahalliy manbalarga köra, Isroil aviatsiyasi Ğazodagi şifoxonaga oltita bomba taşlab, içki hovli va unga tutaş hududga zarba bergan.

Isroil mudofaa kuçlari «Hamas terrorçilarining qömondonlik markazi»ga aniq zarba berganini aytgan. Ularning sözlariga köra, markaz şifoxona ostida joylaştirilgandi.

Havo hujumi oqibatida jabrlanganlar orasida BBC bilan hamkorlik qilgan mahalliy jurnalist ham bor. Unga yordam körsatilgan, hozirda u barqaror holatda.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil armiyasining Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlari natijasida halok bölganlar soni 52 928 nafarga yetdi. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi bayonotiga köra, oxirgi 24 soat içida sektordagi kasalxonalariga yana 20 nafar halok bölganlarning jasadlari hamda 125 nafar yarador kişi olib kelingan.

Makron Rossiyaga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqin kunlarda Rossiya Ukrainada öt oçişni töxtatişga rozi bölmasa va unga rioya qilmasa, unga nisbatan sanksiyalar joriy etilişini aytdi. Fransiya rahbarining sözlarini La Repubblica keltirmoqda.

Makron Rossiyaga qarşi allaqaçon «bir neça önlab» sanksiyalar paketi joriy qilinganini ta’kidlab, «AQŞ bilan kelişilgan holda, yaqin kunlarda Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllamoqçimiz», dedi.

Şu bilan birga, u muzlatilgan Rossiya aktivlarining xatlovga olinişiga qarşi çiqdi va buning uçun heç qanday «huquqiy baza» yöqligini ta’kidladi.

Rossiya va Ukraina örtasida 15 may kuni Istanbulda bölib ötadigan muzokaralarni şarhlar ekan, u «Ukrainada xavfsizligimiz örtaga tikilgan. Biz quruqlikda, dengizda va havoda 30 kun davomida öt oçişni töxtatişni istaymiz», deb ta’kidladi.