Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga boradigan RF delegatsiyasi tarkibini tasdiqlaş töğrisidagi farmoyişni imzoladi. Hujjat Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Delegatsiyaga Rossiya prezidentining yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qiladi. U bilan birga muzokaralarda iştirok etişga taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin, armiya Boş ştabi boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukov, mudofaa vaziri örinbosari Aleksandr Fomin yöl oladi.
Bundan taşqari, Putin «muzokaralar uçun ekspertlar» tarkibini ham tasdiqladi. Ular orasida RF Qurolli kuçlari Boş ştabi axborot boşqarmasi boşliği örinbosari Aleksandr Zorin, RF prezidentining gumanitar sohadagi davlat siyosati böyiça boşqarmasi boşliğining örinbosari Yelena Podobreyevskaya, Rossiya TIVning MDH mamlakatlari ikkinçi departamenti direktori Aleksey Polişuk, şuningdek, Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik boş boşqarmasi boşliği örinbosari Viktor Şevsov ham bor.
RF prezidentining ismi hujjatda tilga olinmagan.
15 may, payşanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boşlanadi. Bu Moskva va Kiyev örtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralarga aylanadi, öşanda tomonlar uruşning dastlabki haftalarida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişişga uringandi. Bunday uçraşuv taşabbusi Vladimir Putindan çiqqan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Turkiyada ötkaziladigan uçraşuvda Rossiya tomonidan kim qatnaşişi töğrisida ma’lumotni kutayotgani, Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyorligini ma’lum qilgandi.










