Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi tinçlik muzokaralari uçun Istanbulga bormaydi. 14 may, çorşanba kuni keçqurun Kreml veb-saytida e’lon qilingan uşbu muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi iştirokçilari röyxatida uning ismi yöq. Xuddi şu ma’lumotni Reuters agentligi Tramp ma’muriyatidagi manbaga tayanib e’lon qildi.
Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qiladi. Unga birorta vazir, jumladan, na Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, na Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov kiritilmadi. Uning örniga Kreml muzokaralarga Lavrovning örinbosari Mixail Galuzin, Belousovning örinbosari Aleksandr Fomin va Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukovni yuboradi.
Kreml press-relizida, şuningdek, Putin tomonidan tasdiqlangan «Ukraina bilan muzokaralar olib boriş uçun ekspertlar» röyxati keltirilgan. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari Boş ştabi axborot departamenti boşliğining birinçi örinbosari Aleksandr Zorin, prezidentning Gumanitar sohadagi davlat siyosati boşqarmasi boşliğining örinbosari Yelena Podobreyevskaya, Rossiya Taşqi işlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinçi departamenti direktori Aleksey Polişçuk, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari Boş ştabi boşqarmasi boşliğining xalqaro bölimi boşliği Viktor Şevsov bor.












