Qozoğiston raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri örinbosari Kaniş Tuleuşin mamlakatdagi davlat xizmatçilariga ÇatGPT’dan foydalaniş taqiqlanganini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, xizmat maqsadlarida, ayniqsa, «XDFU» formatidagi hujjatlar bilan işlaşda ÇatGPT’dan foydalanişni taqiqlaş böyiça raqamli rivojlaniş vazirining buyruği çiqqan. Şuningdek, vazir örinbosari çeklovlar bilan masala hal bölmasligi, şuning uçun muqobil yeçim — mahalliy neyrotarmoq taklif qilinganini ta’kidladi.
«Agar kimdir iş samaradorligini oşiriş uçun til modelidan foydalanişni istasa, unda öz olimlarimiz tomonidan işlab çiqilgan muqobil yeçim böladi. Bizning katta til modelimiz serverlarimizda yopiq zanjirda», — deydi Tuleuşin.
Vazir örinbosari bunday çora-tadbirlar ma’lumotlar sizib çiqişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Ammo hozirça bajarilgan biror iş qaysi neyrotarmoq orqali bajarilganini tekşirişning imkoni yöq. Tuleuşinning sözlariga köra, ayni vaqtda istalgan fuqaro har qanday neyrotarmoqdan foydalanişi mumkin.









