Britaniyaning The Financial Times gazetasi 14 may, çorşanba kuni manbalarga tayanib yozişiça, Yevropa Ittifoqi bir neça hafta içida Ukraina tovarlarining YeIga bojsiz importini bekor qiladi. Naşr manbalariga köra, Bryussel 2022 yilda Rossiya qurolli bosqinidan söng Kiyev uçun erkin savdo kelişuvidan taşqari joriy qilingan imtiyozli bojsiz rejimni töxtatmoqçi. Uşbu rejim Ukraina tovarlarining aksariyat qismini Yevropa Ittifoqiga bojsiz olib kirişga ruxsat beradi. Rejim uç haftadan keyin, 6 iyunda tugaydi.
Polşa şunday taşabbus bilan çiqqanidan keyin Yevropa Ittifoqi Kiyev bilan maxsus savdo bitimini bekor qilişga qaror etdi va bunda öz dehqonlari manfaatlarini közda tutyapti. Bryussel umumiy savdo kelişuvi yangilanayotgan vaqtda ötiş çoralarini joriy qilişni rejalaştirmoqda. Diplomatlar The Financial Times'ga ötiş böyiça taklif Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun boj olinmaydigan kvotalar soni keskin qisqartirilişini va yillik bojsiz kvotani 12 oylik kvotaga bölişni nazarda tutişini aytdi.
Naşr manbalariga köra, ötiş davri çoralari Ukrainadan yetkazib beriladigan makkajöxori, şakar, asal va parranda göştiga eng katta ta’sir körsatadi. Şunday qilib, makkajöxori uçun boj olinmaydigan kvotalar 4,7 million tonnadan 650 ming tonnagaça, parranda göşti uçun kvota 57,1 ming tonnadan 40 ming tonnagaça, şakar uçun esa 109 ming tonnadan 40,7 ming tonnagaça kamayadi.









