Bunday ob-havo şaroitida qişloq xöjaligi ekinlari ösişi va rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şunday ekan, jazirama issiqning stressli ta’sirini yumşatiş uçun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda ötkaziş zarur.
Qişloq xöjaligi vazirligi fermerlar va dehqonlarga qator tavsiyalarni berdi.
Jumladan, daladagi işlarni ertalab soat 10:00 gaça bajariş, soat 10:00 dan 16:00 gaça bölgan issiq vaqt oraliğida esa işlarni töxtatiş, dala şaroitida işlayotganlar uçun quyoşda qolgan plastik idişlardagi suvdan foydalanmaslik, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik aytildi.
Paxtaçilikda
Ğözani jazirama issiq va suv tanqisligiga çidamliligini oşiriş uçun biostimulyatorlar, suspenziyalar, ammiakli selitra bilan oziqlantiriş, tomçilatib suğoriş, va qator oralariga mahalliy öğitlar bilan mulçalaş tavsiya etiladi. Biostimulyatorlar va suyuq öğitlar (bor, molibden, rux, mis, temir, marganets, kobalt, azot, fosfor) bilan bargdan oziqlantiriş, şuningdek, zararkunandalarga qarşi maxsus preparatlar qöllaş zarur.
Dala çetidagi ariq, zovur, tut daraxtlari atroflari begona ötlardan tozalanib, 2-3% ISO qaynatmasi bilan işlov berilişi kerak. Suv sepiş maşinalari yordamida dala atrofida mikroiqlim yaratiş hamda zararli haşarotlarning köçişini oldini oliş muhim.
Egatlab suğoriladigan maydonlarda öğitlar 2-4 çinbarg holatida 50 kg/ga azotli, şonalaş davrida esa 75 kg/ga azotli va 50 kg/ga kaliyli öğitlar bilan oziqlantiriş tavsiya qilinadi. Tunda suğoriş, tuproq namligini saqlaş va suvning behuda buğlanişini kamaytirişga yordam beradi. Intensiv texnologiyada parvarişlanayotgan ğöza maydonlarida tomçilatib suğoriş 3-4 soat davomida 100-120 m³/ga miqdorida tez-tez amalga oşirilişi kerak.
Ğallaçilikda
Markaziy va şimoliy hududlarda ğallaning örtapişar va keçpişar navlarini ekilgan maydonlarni tunda şarbat usulida suğoriş tavsiya etiladi. Toğ va toğ oldi hududlarida esa, havo harorati 30°C dan oşmagan paytlarda, ertalab soat 10:00 gaça yoki keçqurun 17:00 dan keyin biostimulyatorlar orqali bargdan suspenziya usulida oziqlantiriş zarur.
Şoliçilikda









