Uçtepa tumanida qurilişi boşlangan 8 qavatli uy xaridorlariga berilgan va’daga köra 2022 yilning dekabrida foydalanişga topşirilişi kerak bölgan. Ammo bunday bölmadi. 2024 yilning sentabr oyida kompaniya ta’sisçisi qamoqqa olingan. Kun.uz'ga berilgan ma’lumotlarga köra, kompaniya ayrim holatlarda bir xonadonni ikki kişiga sotgan. Jabrlanuvçilar pullarning katta qismini ta’sisçining qöliga naqd körinişda topşirgan. Ayni paytda uşbu quruvçi 167 kişini aldagan.

14 may kuni Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida “Real lion houses” ta’sisçisi va uning vakillariga nisbatan sud işi bölib ötdi. Ma’lum bölişiça, 2020 yil noyabrda davlat röyxatidan ötkazilgan “Real lion houses” odamlarga Uçtepa tumanida qurilayotgan 8 qavatli obektni taklif etgan. Sud işida ma’lum bölişiça, jabrlanuvçilarning aksariyati xonadonlarga tölovning 70-80 foizini 2020-2021 yillarda amalga oşirgan. Ularning orasida 100 foiz tölov qilganlar ham bor. Jabrlanuvçilar uy uçun tölovlarning katta qismini ta’sisçining qöliga naqd körinişida bergan. Quruvçi firma mas’ullari bitta xonadonni 2 kişiga ham sotgan.

“Men 2021 yilda quriliş boşlanganini eşitib, ular xizmat qilayotgan idoraga borib gaplaşganman. Keyin yaşab turgan uyimni sotib şu uyga 17 ming AQŞ dollari pul tikdim. Naqd tölaganim uçun menga ozgina skidka qilib bergan. Endi qarangki, mening uyim 2 nafar odamga sotilgan ekan”, – deydi jabrlanuvçi.

Uning sudda körsatma berişiça, “Real lion houses” ta’sisçisi 1 yilda uyni bitiramiz deb va’da bergan.

“Şundan kelib çiqqan holda, men qizimnikiga köçib ötdim, 5 yil bölyaptiki, hanuz qizimnikida yaşab turibman. Bu uyni har doim suriştirganimda, “opa, öşa yerdagi şaroitlarni köring, bundan keyin qurilişga öşa yerdagi mahalla yöl qöymayapti” degan fikrlar böldi. Mayli deb ularniyam tuşundim. Mening boquvçim yöq, 1-guruh nogironiman. Közim şartnoma tuzgan payti körardi. Mana, bir yildirki körmay qoldim”, – deydi Yulduzxon Mamazoyitova.

Sudlanuvçilar Mamazoyitovaning sözlarini tasdiqladi. Şuningdek, ular xonadon 2 kişiga berilganini Mamazoyitova investor bölib kirgan edi deb izohlab, uy berilişini aytdi.

Tergov organi kompaniya ta’sisçisi va uning vakillariga firibgarlik hamda yana bir neçta moddalar böyiça ayblov e’lon qilgan. Ayrim jabrlanuvçilarning körsatmalari quyidagiça:

“2021 yil birinçilardan bölib, joyni körib 2 ta 1 xonali uyga tölov qilganman. Ikkalasiniyam bankka tölaganman. Bittasini 100 foiz, bittasini 70 foiz tölaganman. 5 yildan beri sarson bölib yuribmiz, qaçon borsam 3 oyda bitadi, 4 oyda bitadi deb yuradi”.