Turkiya Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy muzokaralarga tayyor bölsa, ularni öz hududida ötkazişga rozi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 15 may, payşanba kuni Anqarada Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng.
«Prezident Erdöğan Rossiya va Ukraina örtasida muzokaralarni boşlaş uçun tarixiy imkoniyat tuğilganini e’lon qilib, texnik va yetakçilar darajasidagi muzokaralarni kuçli qöllab-quvvatlaşini bildirdi», — deya xabar bermoqda Anadolu agentligi. Erdöğan Ukraina atrofidagi mojaro hozirgi bosqiçda töğridan töğri muzokaralar yöli bilan hal etişni talab qilişini alohida ta’kidladi va tomonlarni umumiy pozitsiyada kelişib olişga çaqirdi.
Anqarada Erdöğan va Zelenskiy örtasidagi muzokaralar yopiq eşiklar ortida ötdi. Ularda Turkiya mudofaa vaziri Yasar Guler, Milliy razvedka boşqarmasi boşliği Ibrohim Kalin, Turkiya prezidentining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça maslahatçisi Akif Çagatay Qiliç iştirok etdi.
Ayni paytda Turkiyaning janubidagi Antaliya viloyatida Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan va AQŞ davlat kotibi Marko Rubio NATO taşqi işlar vazirlari yiğilişida Ukraina va Rossiya örtasidagi uruşni töxtatiş uçun töğridan töğri muzokaralarni osonlaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirişga kelişib oldi.









