16 may, juma kuni AQŞning ittifoqdagi doimiy vakili Mettyu Uitakerning aytişiça, AQŞ NATOning Haagadagi iyundagi sammitidan söng yevropalik ittifoqçilar bilan Yevropadagi harbiy iştirokini qisqartiriş masalasi böyiça muzokaralar boşlaydi. "Hamma narsa tartibga solinadi, biz bu masalada boşqa keçikişlarga toqat qilmaymiz. Biz faqat amaliy oqibatlarni muhokama qilişimiz kerak", dedi u Estondagi xavfsizlik konferensiyasida.
Uitakerning aytişiça, Vaşington xavfsizlik böyiça böşliqlarga yöl qöymaslik uçun ittifoqçilar bilan qöşinlar darajasidagi har qanday özgarişlarni muhokama qiladi. Şu bilan birga, AQŞ NATOni tark etiş niyatida emas va yevropalik hamkorlar «30 yildan ortiq vaqt davomida Yevropadagi harbiy iştirokini qisqartirişni istagan» Amerikaning rejalari bilan yaxşi taniş», — deya siyosatçining sözlaridan iqtibos keltiradi Reuters.
Fevral oyida AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oşirişi kerakligini aytdi. Prezident Donald Tramp, agar yevropaliklar mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigaça oşirmasa, AQŞning alyansning kollektiv mudofaa tizimidagi iştirokini töxtatiş bilan tahdid qildi.
Mart oyi örtalarida Pentagon rahbari Pit Xegset tomonidan imzolangan hujjat AQŞ Mudofaa vazirligida tarqaldi, unda Xitoy «vazirlik diqqat markazida bölgan yagona tahdid», Tayvanga bostirib kiriş ehtimoli boşqa potensial xavflardan ustun bölişi kerak bölgan ssenariy sifatida tavsiflanadi, deb yozadi The Washington Post. Xegsetning topşiriğida, şuningdek, Vaşingtonning NATO ittifoqdoşlari Rossiya, Şimoliy Koreya va Eron tahdidlariga qarşi turişda yetakçi rol öynaşga çaqiriladi.









