AQŞning Ukrainadagi sobiq elçisi Brijit Brink bu lavozimdan ketişini AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya örtasidagi yaqinlaşiş bilan izohladi. «Afsuski, Tramp ma’muriyatining siyosati boşidanoq Rossiyaga emas, qurbon bölgan Ukrainaga bosim ötkazişdan iborat edi. Şuning uçun men endi hukumat siyosatini sodiqlik bilan amalga oşira olmadim va iste’foga çiqişni özimning burçim deb bildim», — deb yozdi Brink 16 may, juma kuni çop etilgan Detroit Free Press gazetasi ruknida.

Qöşma Ştatlar manfaatlarini himoya qilişning yagona yöli, deb hisoblaydi Brink, «demokratiyani himoya qiliş va avtokratlarga qarşi turiş». «Har qanday şaroitda ham tinçlik, bu - tinçlik emas, bu tinçlantirişdir. Va tarix bizga tinçlaniş xavfsizlik yoki farovonlikka olib kelmasligini qayta-qayta örgatgan. Bu köproq uruşlar va azob-uqubatlarga olib keladi», deyiladi matnda. «Tinçlaniş» deganda 1930-yillarda Fransiya va Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan yon beriş siyosati nazarda tutiladi, deb xabar beradi AFP.

Diplomat Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini «yovuzlik» deb atadi. «Biz (AQŞ) bu uruşga qanday barham berişimiz döstlarimizga ham, duşmanlarimizga ham köp narsani körsatadi», deb ta’kidladi Brink.

2022 yil bahorida AQŞning Kiyevdagi elçisi etib tayinlanişidan oldin Brijit Brink boşqa joylarda qatori Slovakiya, Özbekiston va Gruziyada ham xizmat qilgan. U AQŞ Davlat departamentida qariyb 30 yillik xizmatga ega. Brink Şarqiy Yevropa va Kavkaz böyiça mutaxassis va rus tilini biladi. U AQŞning Ukrainaga harbiy yordami tarafdori sanaladi.