Özbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elçisi (qarorgohi Stokholm şahrida joylaşgan) Rahmatulla Nurimbetov 15 may kuni mamlakat qiroli Harald V ga işonç yorliqlarini topşirdi.

Marosimdan söng bölib ötgan muloqot çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda Özbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Şu bilan birga, iqlim özgarişi oqibatlariga qarşi kuraşiş, «yaşil» energiyani rivojlantiriş, qaşşoqlikni kamaytiriş, ayollar va yoşlarning jamiyatdagi rolini oşiriş kabi muhim yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Özbekiston va Norvegiya örasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda örnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024 yil 15 oktabr kuni Özbekistonning Şvetsiyadagi elçisi sifatida Stokholm şahriga bordi va 4 dekabr kuni qirol Karl XVI Gustavga işonç yorliqlarini topşirdi.