16 may, juma kuni Ukraina va Rossiya delegatsiyalari örtasida 2022 yildan buyon birinçi töğridan töğri muzokaralar Istanbulda bölib ötganida, rus qöşinlari qöşni davlat hududiga uçuvçisiz uçoqlar yordamida hujum qilişda davom etdi.

Jumaga ötar keçasi Rossiya Qurolli kuçlari hududga 112 ta dron uçirdi, deb xabar berdi Ukraina harbiy-havo kuçlari Telegramʼda. Rossiyaning 73 ta hujumçi uçuvçisiz uçoqlari urib tuşirildi, 36 ta imitator uçuvçisiz uçoq nişonga yetib bormadi, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuçlari. Odessa viloyati harbiy boşqarmasi rahbari Oleg Kiperning ma’lum qilişiça, tungi zarbalar natijasida uç kişi jarohatlangan, ularning barçasi kasalxonaga yotqizilgan.

Mahalliy prokuraturaning xabar berişiça, soat taxminan 7:30 da Xerson viloyatining Berislav şahrida UUA hujumi natijasida 50 yoşli erkak halok bölgan. Yana bir kişi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ertalab soat 9:05 da Xerson şahar kengaşi gumanitar yordam yuklayotgan şahar ma’muriyatining uç xodimi otişma ostida yaralanganini qöşimça qildi.

Xarkiv VHM rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilişiça, mahalliy vaqt bilan soat taxminan 8:00 da Kupyansk şahriga FPV-droni bilan zarba berilgan. Oqibatda 55 yoşli kommunal xizmatçi halok böldi. Uning hamkasblari, tört nafar erkak jarohatlangan, ulardan uç nafari kasalxonaga yotqizilgan. Xizmat avtomobili ham şikastlangan.

Pokrovsk şahrida ertalabki otişmalar natijasida beş nafar tinç aholi vakili jarohatlandi, deb yozdi Donetsk VHM rahbari Vadim Filaşkin Telegramʼda. Uning qöşimça qilişiça, FPV-dronining yengil avtomobilga hujumi natijasida yana bir kişi jarohatlangan.