Tojikistonning Danğara tumanidan 80 nafar fuqaro Haj ziyoratiga boriş istagini bildirgan bölsa, ularning 40 nafari safardan voz keçib, şu maqsadda tejalgan mablağni tumanni obodonlaştirişga yönaltirdi. Bu haqda prezident Imomali Rahmon Danğara tumanida viloyat, şahar va tumanlar rahbarlari iştirokida ötkazilgan seminar-yiğilişda ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, danğaralik «saxovatli tadbirkorlar va aholi» öz tumanini obodonlaştiriş va turli obektlar qurişga 2 milliard 300 million somoniy ($223 mln) sarmoya kiritgan. Şundan 628 million somoniy ($61 mln) ta’lim muassasalari va boşqa ijtimoiy obektlar qurilişiga sarflangan.
Masalan, Puşing va Korez qişloqlarida aholi va tadbirkorlar tomonidan 4800 örinli 5 maktab, bolalar boğçasi, soğliqni saqlaş muassasalari, 7 ta işlab çiqariş korxonasi barpo etilgan.
«Bu mablağlar tadbirkorlar va aholi hisobidan töplandi», dedi prezident va boşqa rahbarlarga Danğara viloyati tajribasini örganiş böyiça topşiriq berdi.
«Tojikistonning barça tadbirkorlari, saxovatpeşa insonlari va barça aholisiga mamlakat hukumati taşabbuslarini qöllab-quvvatlaganliklari uçun samimiy minnatdorlik bildiraman», deb yakunladi Rahmon.









